6- mavzu: Muloqot texnikasi va texnologiyasi
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari
Download 40.83 Kb.
|
6-mavzu. Muloqot texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqot texnikasining zaruriy sharti
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:
1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, oʽz nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, oʽz fikr va his- tuygʻularini soʽzda aniq ifodalash. 2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum. 3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, oʽzining hissiy holatini tashkil etish. Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu oʻqituvchining oʽz e’tibori va oʻquvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bogʻliq boʻladi: Mehnat - bu behad izlanish va uz ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand boʻlish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish. San’at - bu qandaydir qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat. Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham oʽz ichiga oladi. Ekstralingvistik omillarga tilga bogʻliq boʻlmagan shart-sharoitlar kiradi. Bamisoli ummon boʻlgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun soʽz va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uygʻun ifodani topa bilish oʻqituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bogʻliq. Muloqotdagi ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi omillardir. Bunday nutqlar, odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi. Mashhur qadimgi yunon notigʻi Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa boʻlganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida tarixchilar yozganlar. Bu sohani chukur urgangan olim S.Inomxo‘jaev ta’kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yertoʻla qazib, shu yertoʻlada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya boʻyicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini aytolmaslik ba’zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida ogʻziga mayda toshlarni solib, she’rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shugʻullanadi.Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya kiladi. Demosfen gapirayotganda bir elkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yertulasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qoʻyib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘gʻrilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashakqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan. Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida oʻrin tutadi. Har bir tovush, soʽzning to‘gʻri va aniq talaffuz qilinishi, nutq oqimida soʽz shakllari va gaplarning "chaynalmasligi", muloqot uchun jiddiy talablardandir. Masalan, ba’zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil boʻlish oʻrinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo boʻladi. Noto‘gʻri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil boʻlishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini oshirish yoʻli bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir koʻrinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qaygʻurish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda boʻlsa-da, xabardor boʻlish, kerak boʻlganda, oʽz nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz soʽzlovchining ogʻzaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb boʻlmaydi.
Download 40.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling