6- mavzu: Muloqot texnikasi va texnologiyasi


Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni


Download 40.83 Kb.
bet7/16
Sana05.01.2022
Hajmi40.83 Kb.
#230771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
6-mavzu. Muloqot texnikasi

Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni

Bugungi kun muloqot jarayoni yangi zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Bunda ilgʻor tajribalarga tayanish, muloqot jarayonida turli usullardan, koʻrgazmali qurollardan, slayd va multimedialardan, elektron qoʻllanmalardan foydalanish mumkin. Bu davr talabi, muloqot jarayonidagi to‘gʻri va samarali yoʻl.

Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bogʻliq, nafas olmasdan tovush chiqarib boʻlmaydi, soʽzlash uchun esa avval o‘pka havo bilan toʻldiriladi. To‘gʻri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo koʻpchilik oʽz nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urgʻu noto‘gʻri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi oʽzgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega boʻlmagan, xirildoq, bo‘gʻiq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning gʻashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni koʻproq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar oʽz ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘gʻon, uzun-qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega boʻladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi. Bizningcha, muloqot texnikasi namunali bulishi uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

1. Lugʻat boyligini muttasil boyitib borishi zarur.

2. Soʽzlarning ma’nosiga jiddiy e’tibor qaratish kerak.

3. Adabiy tilda to‘gʻri talaffuz qilishga odatlanish lozim.

4. Takrorlarni ishlatmaslik, iloji boricha ulardan qochish kerak.

Shundagina tinglovchining nafaqat qulogʻini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq shakllanadi.



Download 40.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling