6- mavzu: Romantik dostonlarning g’oyaviy va badiiy xususiyatlari
Download 28.6 Kb.
|
(6- romantik dostonlar)
6- Mavzu: Romantik dostonlarning g’oyaviy va badiiy xususiyatlari Romantik dostonlar yaratilish tartibi Romantik dostonlar badiiy xususiyati. Dostonlar tasnifoti masalasi. Dostonlarning badiiyati. Dostonlarni to`plash, yozib olish, nashr ettirish va ilmiy tadqiq etish masalasining ahamiyati Tayanch tushunchalarni izohlang: doston, baxshi, dostonchi, baxshi repertuari, xalfa, qissaxon, baxshi nag`malari, baxshining “qaynashi”, do`mbira to`ntarmoq, baxshi sozlari, epik an`ana, dostonchilik maktabi, qahramonlik dostoni, romanik doston, jangnoma doston, kitobiy doston, qahramonlik-romanik doston, ishqiy-romanik doston, maishiy-romanik doston, tarixiy doston, tarixiy-fantastik doston, tarixiy-qahramonlik doston, yangi dostonlar, avtobiografik dostonlar, dostonlarda an`anaviy uslub, dostonlarda epik klishelar, dostonlarda doimiy stilistik formulalar. Dostonlardagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, doʻstlik, vafodorlik, sadoqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi Dunyodagi ayrim xalqlarda o'zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz — o'zbeklarda bu janr «doston» deb ataladi. «Doston» so'zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma'nolarini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida baxshilar tomonidan og'zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. «Alpomish», Go'ro'g'li turkumidagi «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Malikai Ayyor», «Ravshan»; «Kuntug'mish», «Rustamxon» kabilar og'zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro'z», Navoiyning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asariari esa yozma adabiyotdagi dostonlar bo'lib, ularni og'zakidan ajratish lozim bo'ladi. Og'zaki ijoddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she'riy va nasriy parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuvchining hofizlik san'atidan va soz cherta bihshidan iborat, deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to'liq tasavvur hosil qilish uchun baxshining bevosita tinglovchilar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishiga guvoh bo'lish ham muhimdir. Demak, doston bo'lishi uchun baxshining tinglovchi bilan jonli muloqotini ham tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin. Dostonni baxshilar kuylaydilar. Qadimgi zamonlarda «baxshi» xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so'z asosan xalq dostonlarini kuylaydigan san'atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir. Shuningdek, parchalarni bir zumda to'qib ketadigan shoir, ., dostondagi nasriy parchalarni yoddan o'qiyotganda badiiy so'z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya'ni o'zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta'kidlashlaricha, bulung'urlik Amin baxshi «Alpomish» dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda boshlangan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasvvur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she'riy parchalarni qayerdan topgan? O'sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo'lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo'lishi kerak o'sha baxshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o'zbek dostonchiligining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos. Baxshi doston aytar ekan, «Alpomish» dostonida Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin so'zlaganida go'zal qizning yuzini ko'z oldimizda gavdalantiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi uchun katta bayram bo'lgan. Bu kechalarda odamlar o'rtasidagi hamma ginaxonliklar unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Yoshu kattalar, erkak-ayollarning butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo'lgan. Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi ham ba'zan soatlab, ba'zan kunlab davom etgan. Bunda doston mazmuni, baxshining mahorat darajasi muhim hisoblangan. O'zbekistonda xalq dostonlari Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog'iston muxtor respublikasida ijro etiladi. Ijrochi baxshilar do'mbira, tor, dutor chertib, qo'biz tortib doston aytadilar. Ijro usuliga ko'ra o'zbeklarda Samarqand, Xorazm, Farg'ona (Namangan) dostonchilik an'analari mavjud bo'lib, Samarqandda ichki bo'g'iz ovozda, Xorazmda ochiq qo'shiq aytish yo'li bilan, Namanganda ochiq, ammo, musiqa asbobiga mos holda kuylanadi. Samarqand dostonchiligida hajm jihatidan katta dostonlar nasrdan va epik she'rlardan iborat bo'ladi. Xorazm dostonchiligida dostonlar nasriy parchalardan va lirik she'rlardan iborat bo'ladi. Bu dostonlarning hajmi katta bo'lmaydi Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismini romantik dostonlar tashkil qiladi. «Roman» fransuz tilidan olingan bo'lib eposning bir turi ma'nosini anglatgan. Ammo keyinchalik badiiy adabiyotdagi roman janr sifatida alohida ajralib rivojlanganidan so'ng sevgi-sarguzashtlarni to'qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushunchasini bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq dostonlarining mazmunan sevgi — sarguzashtlarni tasvirlovchi turlari tasavvur qilinadi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma'shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishq sarguzashtlariga boy safarga otlanadi. Bu yo'lda turli qiziqarli, hayratomuz hayot lavhalari ro'y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka olishuvlar bo'ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o'z orzusiga yetadi. «Ravshan», «Kuntug'mish» kabilarni ana shunday dostonlar qatoriga qo'shish mumkin. Shuningdеk, “Rаvshаn” dоstоnidа hаm jаng lаvhаlаri bоr. Rаvshаn bir lаvhаdа sеvgi dеb vаtаnidаn kеchаdigаn nоmаrd emаsligini аytаdi vа mаrdligini dаlillаydi. Аmmо dоstоndаgi yеtаkchi mаsаlа bаribir uning Zulхumоr ishqidаgi sаrguzаshtlаri bilаn bоg’liq. Shu bоis bu аsаrni ishqiy-rоmаntik turgа mаnsub dеyish mа’qul. “Goʻroʻgʻli”, “Rustamxon”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam” kabilar ham ishqiy-sarguzasht dostonlaridir. “Rustamxon”da oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastik uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiiyati bilan yoʻgʻrilgan tasvirlar kishini hayajonga soladi. Asar matnida xalqimizning qadimiy, boy tiliga xos fazilatlar, xalqona ibora va ifodalar, shu tilning imkoniyati, nafosati, kuchi va qudrati ham yorqin namoyon boʻlgan. Shu til vositasida asar qahramonlarining har biriga xos fazilatlar, oʻrni bilan esa, ayrim qusurlar ham yorqin boʻyoqlarda koʻrsatib berilgan. Dostonlarini baxshilar ijrosida eshitganmisiz? Agar baxshilarning dostonni ichki ovoz bilan kuylashini, ming-ming misrani yoddan, ohangga solib ijro qilishini eshitsangiz, sizni, albatta, hayajonga soladi, tuygʻularingizni junbushga keltiradi, toʻlqinlantiradi. Ayniqsa, bu siz bilgan, siz oʻqigan dostonlarning ijrosi boʻlsa, uning taʼsir kuchi yanada ortiq boʻladi. Shunda xalq oʻz dostonlarini necha ming-ming yillardan beri nega saqlab, asrab-avaylab kelayotganining sabablarini anglaysiz. Doston poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar bo’lib, oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki ijodidagi dostonlar nazm va nasr, yozma adabiyotdagi dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmoqligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq taqdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashqi dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari doston janrining qad. namunalaridir. D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik dostonlarda oshiq-maʼshuqlarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik dostonlarda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, dostonlarda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi dostonlar bilan yozma adabiyotdagi dostonlar shaklshamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi dostonlar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzu-armonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar dostonlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan. Oʻzbek dostonchiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida, Avesto, "Devonu lugʻotit turk" dagi qadimgi doston parchalarida, turkiy xalqlar mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da va ayniqsa "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarida oʻzbek dostonchiligining taraqqiyot yo'llari, davrlarini ko'rish mumkin. Navoiy "Hamsa"si oʻzbek dostonchiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, Gegel iborasi bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil inson va adolatli jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ruhiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat" dostoni). Hozirgi dostonlarga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovnitng "Ruhlar isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl" dostonlarida ana shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek dostonlarida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon, "Paxlavon Mahmud" va boshqalar). Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻy-mushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik dostonlar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham doston janridan foydalaniladi. Doston – xalq ogʻzaki ijodining eng yirik janri boʻlib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega boʻlgan voqealarni bayon qiluvchi asar. ishqiy-romantik dastonlarda oshiq-maʼshuqlarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Namanganda ham dostonlarning hajmi kichik, ammo ularning matnlari Samarqand dostonchiligi kabi nasrdan va epik she'riy parchalardan tashkil topadi. Samarqand dostonchiligi an'anasiga mansub «Ravshan» dostonidan nasriy parcha keltiraylik: «Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz. Oqqiz o'zi oq qiz, o'zi to'lgan sog' qiz, o'rta bo'yli chog' qiz,o'ynagani bog' qiz, uyquchi emas, sog' qiz, eri yo'q o'zi toq qiz, ko'p kalondimog' qiz, yaxshi tekis bo'z bolani ko'rsa, esi yo'q — ahmoq qiz, qora ko'z, bodomqovoq qiz, sinli-siyoq qiz, o'zi semiz — turishi yog' qiz; o'yinga qulayroq qiz, to'g'ri ishga bo'layroq qiz, o'zi anqov olayroq qirtanasi to'sh qo'ygan keng qiz, sag'risi do'ng qiz, urushay emas jo'n qiz, a'zosi bari teng qiz...». Endi she'riy parchalarga diqqat qiling: «Chu, deb otin uradi, Oyog'ini tiradi. Suvsiz cho'lda G'irko'k ot, Irg'ib, sakrab boradi. Suvsiz cho 'Ida mard Hasan, Qattiq qistab boradi. Obro' ber, deb yo 'llarda Hasan ketib boradi». Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she'riy parchalarda lirik mazmundagi o'rinlar ham uchraydi: Download 28.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling