6- mavzu. Somoniylar davlati reja


Iqtisodiy  va  madaniy  hayot


Download 221.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana08.01.2022
Hajmi221.6 Kb.
#248579
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-Мавзу(1) af84ca5022031ec13b6ffe1e42772074

Iqtisodiy  va  madaniy  hayot.    Somoniylar  davrida  kuchli  va  mustaqil  davlatning  paydo  bo‘lishi 

dehqonchilik,  hunarmandchilikning  rivojlanishi,  shaharlarning  taraqqiyoti  –  o‘z  navbatida  ichki  va  tashqi 

savdoni yanada o‘zviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo 

kengaydi.  Ikkinchi  tomonidan,  shahar  va  qishloqlarni  qo‘shni  ko‘chmanchi  xalqlar  va  boshqa  davlatlar 

bilan aloqasi rivojlandi. 

Yozma  manbalarda  qayd  qilinishicha,  bozorlar  katta-kichik  shaharlarda  va  hatto qishloqlarda  ham 

bo‘lgan. Ayniqsa karvon yo‘llari bo‘yida joylashgan shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro, 

Xo‘jand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Hirot,  Marv,  Nishopur  shaharlaridagi  bozorlar  katta  va  gavjum  bo‘lgan. 

Istaxriyning  ma’lumot  berishicha,  Samarqandda  Movarounnahrning  bosh  bozori    joylashgan  bo‘lib,  bu 

yerga  ko‘pgina  shaharlardan  savdogarlar  kelgan.  Movarounnahrda  tayyorlangan  mahsulotlarning  katta 

qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa o‘lkalarga tarqatilgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim 

kichik shaharlarning ham o‘rni katta bo‘lgan. 

Bu  borada  Poykand  shahri  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Manbalarda  qayd  etilishicha,  bu  shaharda 

Somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm,  Kaspiy bo‘yidagi o‘lkalar va  Xitoy bilan oldi-sotti ishlari 

olib  borishgan.  Shahar  raislari  savdogarlar  uchun  barcha  sharoitlar  yaratib  berishga  harakat  qilganlar. 

Shaharda  o‘nlab  karvonsaroylar  mavjud  bo‘lgan,  ular  bozorga  yaqin  joyda  joylashgan.  Savdo  rastalari 

karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yo‘llarda ham qurilgan. 

Bozorlarda  sotiladigan  mahsulotlar  avvalo,  mahalliy  aholining  ehtiyojini  qondirishga  qaratilgan. 

Hunarmandlar  o‘z  mollarini  sotib,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qilganlar,  o‘z  navbatida 

hunarmandchilik  mahsulotlariga  dehqonlarning  talabi  katta  bo‘lgan.  IX-X  asrlarda  O‘rta  Osiyoning 

iqtisodiy  hayotida  savdo-sotiq  katta  ahamiyatga  ega  edi.  Bu  borada  ko‘chmanchilar  bilan  chegaradosh 

bo‘lgan  shaharlarning  ahamiyati  katta  bo‘lgan.  Ko‘chmanchilar  shaharlarga  kelib  dehqonchilik  va 

hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar. 

O‘rta  Osiyolik  savdogarlar  o‘z  mollarini  arab  xalifaligi  tarkibiga  kirgan  davlatlarga,  Kavkazga, 

Xazar  va  Bulg‘oriyaga,  Xitoy  va  Hindistonga  olib  borib  sotganlar.  O‘rta  Osiyodan  Xitoy  bilan  O‘rta  yer 

dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta 

yer  dengizi  bilan  bog‘lovchi  karvon  yo‘li  ancha  gavjum  bo‘lgan.  Bu  yo‘l  Bag‘dod,  Hamadon,  Nishopur, 

Marv,  Amul,  Buxoro,  Nasaf,  Kesh,  Samarqand,  Ustrushona,  Choch,  Balasog‘un  orqali  Xitoyga  olib 

borgan.  Xitoyga  O‘rta  Osiyodan  otlar  va  shisha  buyumlar  olib  borilgan.  Xitoydan  esa  turli-tuman  ipak 

gazlamalar  keltirilgan.  Xazar,  Bulg‘or  va  Rus  yerlariga  O‘rta  Osiyodan  quruq  mevalar,  turli-tuman 

gazlamalar,  guruch  va  kumush  chiqarilgan.  O‘z  navbatida  Janubi-Sharqiy  Yevropadan  O‘rta  Osiyoga 

mo‘yna,  mis,  teri,  qoramol,  qo‘llar  keltirilgan.  Janubi-Sharqiy  Yevropa  bilan  bo‘lgan  savdo  aloqalarida 

xorazmlik savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan. 

IX-X  asrlarda  madaniy  hayot  ham  o‘zining  yuqori  darajasiga  ko‘tarildi.  Avvalo,  me’morchilik 

san’ati  va  qurilish  uslublari  rivojlandi.  Turar-joylar,  yirik  binolar,  amirlar  saroylari  ham  xom  g‘ishtdan 

qurila boshlandi. Ma’muriy binolar, yirik boylar va amaldorlarning uylari ustunlar va o‘yma naqshlar bilan 

bezatilgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson me’morchilik san’atining yuqori taraqqiyotidan 



 

yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara o‘ta oddiylik va 



mahobatli shaklga xos bo‘lib u 892-943 yillar orasida qurilgan va o‘zining bag‘oyat chiroyli qilib ishlangan 

tashqi  ko‘rinishi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu  maqbara  o‘rta  asrlar  me’morchilik  san’atining  noyob 

durdonalaridan biri hisoblanadi.  

Somoniylar davri me’morchiligining yana bir noyob durdonasi Kattaqo‘rg‘ondan 60 km janubdagi 

Tim  qishlog‘ida  joylashgan  Arab  ota  maqbarasidir.  Bu  maqbara  Ismoil  Somoniy  maqbarasi  bilan 

o‘xshashlik  topadi.  Bu  o‘xshashlik  maqbaraning  umumiy  ko‘rinishida,  inshootning  tuzilishida,  umumiy 

bezatilishida  o‘z  ifodasini  topgan.  Shu  bilan  birga  Arab  ota  maqbarasi  misolida  Somoniylar  davridagi 

me’morchilik  taraqqiyoti  va  rivojlanish  yo‘llarini  ko‘ramiz.  Somoniylar  davri  me’morchiligining  nodir 

namunalarini shuningdek, Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, O‘zun (Surxondaryo)  yaqinidagi 

Xo‘ja Naxshron, Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. 

IX-X  asr  me’morchiligining  rivojlanish  yo‘llarining  saqlanib  qolganligini  ko‘plab  masjidlar 

misolida  ham  ko‘zitishimiz  mumkin.  Bu  davrga  oid  masjidlar  to‘g‘risida  so‘z  yuritilganda  Buxorodagi 

Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shaxristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd 

qilish  mumkin.  Bu  yodgorliklar  O‘rta  Osiyoda  diniy  me’morchilikning  rivojlanish  yo‘llarini  ko‘zatish 

imkonini beradi.  

Narshaxiyning  ma’lumot  berishicha,  amir  Nasr  ibn  Ahmad  Buxoro  registonida  o‘zi  uchun  katta 

saroy qurdirgan va uning qurilishida katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyatda go‘zal bo‘lgan. Saroyning 

oldida  esa  devonlar  uchun  binolar  qurilgan.  Amir  va  hokimlar  saroyi  Nishopur,  Marv,  Samarqand  va 

boshqa  shaharlarda ham  bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining  kattaligi  va  go‘zalligi  bilan  ajralib  turgan.  Ko‘p 

hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog‘lar ichida bunyod etilgan. 

O‘rta  Osiyo  xalqlarining  asrlar  davomida  erishgan  madaniy  yutuqlari  va  bilimlari  IX-X  asrlarda 

yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o‘tadi. Agarda bu ilmiy poydevor yuqori 

darajada bo‘lmaganda edi, Somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot haqida gapirish qiyin bo‘lar edi. Buxoro, 

Marv,  Samarqand,  Nishopur,  Balx,  Binkent,  Kesh,  Nasaf,  Termez,  Xo‘jand,  Urganch  kabi  shaharlar  bu 

davr ichida yirik madaniyat va fan markazlariga aylandilar. Somoniylar o‘z davlatlari hududida joylashgan 

o‘lkalardan  chiqqan  zamonasining  yetuk  ma’rifiy  va  fan  sohiblarini  Buxoroga  taklif  etdilar.  Ular  amir 

saroylarida  o‘tkaziladigan  ilmiy  munozaralar  va  adabiyot  uchrashuvlariga  taklif  qilinib  turdilar.  O‘z 

bilimlarini  yanada  chuqurlashtirish  aqsadida  amir  kutubxonalarida  saqlanadigan  qo‘lyozmalarni 

o‘rgandilar. 

Somoniylar  davrida  O‘rta  Osiyoning  qo‘shni  davlatlar  va  xalqlar  bilan  madaniy  va  savdo  aloqlari 

yanada  kengaydi  va  o‘zviylashdi.  Movarounnahr  va  xurosonlik  olimlar  –  Abdullo  Ro‘dakiy,  Abumansur 

Daqiqiy,  Abulqosum  Firdavsiy,  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nars  Farobiy,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Abulabbos  al-

Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabilar o‘zlarining buyuk ixtirolari va tadqiqotlari 

bilan nafaqt o‘z o‘lkalaridagina emas, balki butun mashriqu mag‘ribda mashhur bo‘ldilar. E’tiborli tomoni 

shundaki, bu olimlar  qomusiy  bilimlar sohiblari  bo‘lishgan. Ular  fanning  turli  sohalarida  ijod etib,  dunyo 

madaniyati  va  fanining  rivojlanishiga  o‘zlarining  salmoqli  hissalarini  qo‘shdilar.  Ular  ixtiro  etgan 

kashfiyotlar faqatgina ularning nomlariga boqiyliq baxsh etmay, balki butun xalqimizning obro‘-e’tiborini 

dunyoga  taratdi.  Bu  davrga  oid  moddiy  topilmalar,  me’moriy  yodgorliklar  xalqimizning  yuksak 



madaniyatidan, nozik dididan, chuqur bilimidan va ijodiy parvozidan guvohlik berib kelmoqda. 

 

 

Download 221.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling