6- sinf 2-variant
1. Qaysi o’simliklar ildizmeva hosil qiladi?
A) karam,pomidor,g’o’za B) kartoshka,sholg’om
C) sarimsoq,piyoz,sholgom D) rediska,sabzi
2. Qaysi o’simliklarning barglari to kech kuzgacha ham o’z yashil rangini yo’qotmaydi?
A) yong’oq, terak, chinor B) nastarin, atirgul, ligustrum
C) olma, olcha, tog’olcha D) eman, zirk, qayrag’och
3.Apreldan dekabr oyigacha cho’lda qurimasdan o’sib turadigan o’simliklar qaysi oilaga mansub?
A) sho’radoshlar B) ituzumdoshlar
C) ra`nodoshlar D) gulxayridoshlar
4.Kollenxima bu-……….
A) mexanik to’qimaning o’lik hujayralari
B) o’tkazuvchi to’qimaning o’lik hujayralari
C) mexanik to’qimaning tirik hujayralari
D) asosiy to’qimaning tirik hujayralari
5. Yog’ochlik --….
A) suv va unda erigan mineral tuzlarni poya bo’ylab pastga o’tkazadi B) shakli va kattaligi jihatidan turli hujayralardan iborat
C) floemadan hosil bo’ladi
D) o’z hujayralarida organik moddalarni to`playdi
6.Mikroskopik kesimda o’simlikning qaysi organida ustunsimon hujayralarni ko’rish mumkin?
A) ildiz B) barg C) meva D) gul
7.Quyidagi qaysi o’simlikning savatchasidagi gullari tilsimon shaklda bo’ladi?
A) kungaboqar B) ituzum C) partenossisus D) ukrop
8. Lola o’simligining meva turini aniqlang?
A) dukkak B) ko’sak C) yong’oqcha D) qanotchali
9.O’rik,olcha,shaftolining mevasini aniqlang?
A) ho’l,soxta B) ho’l,rezavor C) soxta, bir urug’li D) ho’l,chin
10.Qiyshiq gulga ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang:
A) mosh,gladiolus B) karam,oq sho`ra
C) gilos,qovoq D) kanop,g`o`za
11.Qaysi o`simlik urug`i tarkibida zaharli moddalar ko`p bo`ladi?
A) mastak B) chinnigul C) loviya D) shivit
12.Ismaloq qaysi oila vakili hisoblanadi?
A) Karamdoshlar oilasi B) Ra`nodoshlar oilasi
C) Sho`radoshlar oilasi D) Ituzumdoshlar oilasi
Do'stlaringiz bilan baham: |