6-2uzb 18 raxmatova nargiza 4-кейс
Download 18.11 Kb.
|
4-keys
6-2UZB 18 RAXMATOVA NARGIZA 4-кейс. Ўтган аср ўзбек илмий-техник терминологияси нафақат туб балки русча-байналмилал ўзлашмалар ҳисобига бойиди. Фикрингизни ашёвий материаллар билан тасдиқланг. Rus tili ta`sirida kirib kelgan yangi narsa va xodisalarni o‘zbek tilida berishda ikkita usuldan foydalanildi. 1. Rus so‘z va tushunchalarning ma’nosini berish uchun o‘zbek tilida avvaldan bo‘lgan so‘zlar moslashtiriladi. Masalan: bosmaxona-tipografiya, tabib-vrach, muallif-avtor kabilar. 2. Rus tilidagi atamalarni kal`ka yo‘li bilan o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali. Tarjimada bir so‘zni bir so‘z ilan ayrimlarini ikki so‘z bilan berish hollari uchraydi. Masalan: ruscha fizicheskiy kabinet so‘zlarini hikmatxona deb berish, povestka-chakiruv qog‘ozi kabi. Ayrim so‘zlarni tarjima qilganda ularning bir necha nomlari berilgan. Masalan, t`yurma so‘zi ma’nosida turma, turmaxona, hibsxona kabi so‘zlar ishlatilgan. 3. Xalq jonli tili adabiy tilining boyishida muhim manba bo‘ldi. Bu davr so‘z san`atkorlari XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan Maxmud Munis, Gulxaniy an`anasini davom ettirib, «avamcha» hisoblangan xalq tilidan foydalanib, adabiy tilni boyitdilar va yangi tushunchalarni ifodalaydilar. 4. O‘zbek adabiy tilining o‘sha davrdagi taraqqiyotida uchinchi manba rus tili bo‘ldi. O‘sha davr matbuootida «Turkiston viloyatining gazetasi», «Xurshid» va boshqa gazetalar chiqa boshladi. Bu gazetalarda ziyolilarning vakillari ham qatnasha boshladi. Gazeta sahifalarida rus tilidan tarjimam qilingan ayrim asarlar va maqolalar nashr etildi. Hatto o‘zbek xalqi ba’zi ijodkorlarning ruschaga tarjima qilingan asarlari bosib chiqarildi. Bundan tashqari, madaniy hayotda bo‘lgan boshqa o‘zgarishlar o‘zbek adabiy tilini rus tili leksikasi hisobiga boyitdi. XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy sohalarga doir atamalar, kundalik turmushda zarur bo‘lgan, ust bosh kiyimlarning nomlari o‘zbek tiliga qabul qilindi. Masalan: soldat, shtraf, vagon, kalyaska, konvert kabilar. XIX asring ikkinchi yarmida rus tilidan o‘zbek tiliga so‘z qabul qilindi ba’zan o‘sha so‘zga ehtiyoj hisobga olinsa, ba’zan ehtiyojsiz ham qabul qilinardi. O‘zbek tilida harbiy, qonun, shahar kabi so‘zlar bo‘lgani holda o‘sha davr matbuoot gazetalarida voenn?y, zakon, gorod so‘zlari uchraydi. Bu davrda rus tilidan o‘zbek tiliga so‘z qabul qilishning asosiy sababi shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo‘ldi. Bunday yangi tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilida so‘zlar yo‘q edi. Shuning uchun bu so‘zlar rus tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi. Ular asosan san`at, transport, pochta, telegraf, maorif kabi sohalarga tegishli so‘zlardir. XIX asrning ikkinchi yarmida rus tilidan qabul qilingan bir qismi so‘zlar aslida turkiy so‘zlardir. Ular yangicha ma’no va fonetik o‘zgarish bilan o‘zbek tiliga qayta qabul qilingan. Masalan: tovar (tovar), istikom (stakan), karandash (karandash) va boshqalar. O‘sha davrda rus tilidan qabul qilingan so‘zlarning asosiy qismi o‘zbek tiliga so‘zlashuv nutqi orqali va mahalliy matbuoot hamda yozuvchilarning asarlari orqali kirib kelgan. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling