6-7-amaliy ish Mavzu: Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi ko‘ndalang kesimini asoslash, yo‘l to‘shamasini qurish uchun mashina-mexanizmlarning otryadini shakllantirish


Download 285.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi285.2 Kb.
#1231677
Bog'liq
6-7



 
6-7-amaliy ish
Mavzu: Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi ko‘ndalang kesimini asoslash, 
yo‘l to‘shamasini qurish uchun mashina-mexanizmlarning otryadini 
shakllantirish, etakchi yo‘l qurilish mashinalarini tanlash va ularning ish 
unumdorligni aniqlash 
 
Ishdan maqsad: Talabalarga berilgan topshiriqqa asosan yo‘l to‘shamasining 
konstruksiyasini tanlash va asoslashni o‘rgatishdan iborat. 
 
Nazariy qism 
Yo‘l to‘shamasini konstruksiyasini tanlash tadbirlari o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi:
- qoplama turini tanlash; 
- qatlamlarni qurish uchun materiallarni tanlash bilan konstruktiv qatlamlar 
sonini belgilash, qatlamlarni joylashtirish va ularning taxminiy qalinligini 
tayinlash; 
- yo‘l-iqlim kichik mintaqalarni, yo‘l poyi ishchi qatlamining turi va turli 
uchastkalarda ishchi qatlamning namlanish sxemasini hisobga olib qo‘shimcha 
sovuqdan himoyalash chora-tadbirlarni tayinlash zaruriyatini dastlabki baholash; 

konstruksiyani 
quritish 
shuningdek, 
konstruksiyaning 
yoriqqa 
bardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirnilarni belgilash zaruriyatini dastlabki 
baholash;
- yo‘l poyi ishchi qatlami yuqori qismini mustahkamlash yoki 
yaxshilashning maqsadga muvofiqligini baholash; 


- ishning mahalliy, tabiiy va loyihaviy sharoitlarini hisobga olib
raqobatbardosh variantlarni tanlab olishdan iborat. 
Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish 
lozim: 
1. Yo‘l to‘shamasi va qoplama turi, to‘shama konstruksiyasi umuman 
yo‘lning tegishli toifalariga talab etiladigan va ma’lum ta’mirlashlararo 
muddatlar, ta’mirlash va saqlashning taxminiy sharoitlari davomida harakat 
jadalligi o‘zgarishini hisobga olib, istiqbolda harakat tarkibi va jadalligidan 
kutiladigan transport-foydalanish talablarini qoniqtirishi zarur; 
2. to‘shama konstruksiyasi andozaviy tarzda qabul qilinishi yoki bir xil 
hisoblanadigan zo‘riqishli o‘xshash tabiiy sharoitlar (yo‘l poyi ishchi qatlami 
grunti, uni namlantirish sharti, iqlim, mahalliy yo‘l-qurilish materiallari bilan 
ta’minlanganlik va boshqalar) bilan xususiyatlanuvchi har bir uchastka yoki yo‘l 
uchastkalari uchun individual ishlab chiqilishi mumkin. Mazkur sharoitlar uchun 
to‘shama konstruksiyasi tanlanayotganda ushbu sharoitlarda amaliyotda sinalgan 
andozaviy konstruksiya afzal ko‘rilishi lozim; 
3. standart toshli materiallar bilan yetarlicha ta’minlanmagan mintaqalarda 
ularga bog‘lovchilar bilan (syement, bitum, ohak, faol uchuvchan kullar va b.) 
ishlov berilganda xususiyatlari yaxshilanishi mumkin bo‘lgan mahalliy tosh 
materiallari, sanoatning ikkilamchi mahsulotlari va gruntlarni qo‘llashga yo‘l 
qo‘yiladi.
Bir paytning o‘zida imkoni boricha material sarfi kamroq bo‘lgan 
konstruksiya yaratishga intilish lozim; 
4) konstruksiya 
texnologik asoslangan bo‘lishi va yo‘l-qurilish 
jarayonlarining maksimal mexanizasiyalanishi va sanoatlashishi imkonini 
ta’minlashi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun konstruksiyadagi qatlamlar 
soni va materiallar turlari minimal bo‘lishi kerak; 


5) to‘shama tuzilmasini tanlashda qurilish ishlari o‘tkazishning real 
sharoitlarini hisobga olish zarur (yozgi va qishki texnologiya va b.). 
Yo‘l qurilish ishlarining texnologiyasi materiallarga, yarim tayyor 
maxsulotlarga, yo‘l inshootlarining bo‘lak va qismlarini tayyorlash, xamda sifat 
ko‘rsatkichlarini ta’minlashga qaratilgan. Yo‘l kurilishi jarayonlarini keng 
ko‘llamli mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan usulda bajarilishini 
rejalashtirish kerak.
Transport g‘ildiraklaridan ta’sir etuvchi kuchni va iqlim ta’sirini uzluksiz 
qabul qila turib, yo‘l to‘shamasi mustahkam, edirilish va xaroratga chidamli, 
hamda xarakat xavfizligini ta’minlash uchun ravon va g‘adir budir yuzali bo‘lishi 
lozim. To‘shama qatlamlari qalinligi pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi (6, 7, 
rasmlar), bunga sabab yuqori qatlam materiallari narxining ortib borishi va unga 
bo‘lgan talab kuchayishidadir. Shuning uchun qoplama o‘ta mustahkam 
materiallardan qurilib, 1, 2 qatlamdan iborat bo‘ladi. 
6- rasm. Ekvivalent modullari
Eye=60-70 MPa. Li yuqori toifali nobikir 
yo‘l to‘shamalarining tuzilishi: 1- ikki 
qatlamli asfaltobeton; 2- saralangan 
chaqilgan tosh; 3- qum; 4- shlak; 5- 
bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan grunt; 6- 
kam miqdorda bog‘lovchilar bilan ishlov 
7- rasm. Ekvivalent modullari
Eye=50-35 MPa. Li quyi toifali nobikir 
yo‘l to‘shamalarining tuzilishi: 1-bir 
qatlamli asfaltobeton;2-kuyindi; 3-qum; 
4-chaqiq tosh; 5-shag‘al; 6-ustki ishlov 
qatlami; 7-saralangan chaqiq tosh; 8-
uncha mustahkam bo‘lmagan tosh. 



berilgan grunt 

Download 285.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling