6-7-mavzu: masofaviy talim va ko‘nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositlari.


Download 1.74 Mb.
bet1/4
Sana18.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1098577
  1   2   3   4
Bog'liq
MASOFAVIY TALIM VA KO‘NIKMALARINI NAZORAT QILISH, BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODLARI VA VOSITLARI


6-7-MAVZU:MASOFAVIY TALIM VA KO‘NIKMALARINI NAZORAT QILISH, BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODLARI VA VOSITLARI. (4 SOAT AMALIY)

Reja
1. Masofali o‘qitishni tashkil etish platformalari


2. Google Classroom, Moodle platformalari imkoniyatlari


Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Masofaviy o‘qish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi. U o‘quvchiga ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.


Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari o‘quv kursi tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv jarayonini soddalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, LMS o‘quvchilarga dars vaqtida olgan bilimlarini boyitish uchun zarur qo‘shimcha manbalarni ham yuborish imkoniyatiga ega qiyosi yo‘q platformadir.


LMS platformalari uch turga bo‘linadi: bulutli platformalar, serverga asoslangan va CMS bilan integratsiyalangan LMS lardir.
LMSning bulutli platformalari. O‘quv kursining materiallari LMSning bulutli platformalarida web-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga joylashtiriladi. LMS ning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari web-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni web-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin o‘quv kurslarini yaratish mumkin. Buning uchun web-xizmat o‘zining serveridan joy ajratadi va barcha ma’lumotlar ushbu serverda saqlanadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling