6 Adabiyot II qism 2017. p65
Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi
Buxoro, Qo‘qon singari joy nomlari aniq ko‘rsatilsa-da, u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etiladi. «Zarbulmasal» tarkibidagi mashhur masallardan biri «May- mun bilan Najjor» masali hisoblanadi. Bu masalda tasvir- lanishicha, Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi tog‘da bir maymun rohat-farog‘atda, o‘rmondagi daraxtlarning behisob mevalaridan xohlaganicha totinib, umrguzaronlik qilar edi. Nogoh bu tog‘ o‘rmoniga bir najjor, ya’ni duradgor yog‘och kesish uchun keladi. U bir daraxtni kesib, boshqasiga ketar ekan, u joyda teshasini unutib qoldiradi. Najjorning yumushini kuzatib turgan maymunga uning hunari oddiy bir ishdek tu- yuladi. Xayoliga keladiki, bu ishni o‘zi qoyillatib, kelgusi avlod- lariga ham osongina o‘rgatib qo‘ysa. Najjorning yo‘qligidan foydalangan maymun chala qolgan daraxtni kesmoq uchun uning ustiga minib, ishni o‘zicha davom ettiradi. Shunda daraxt tanasi orasiga qistirilgan pona chiqib ketib maymunning dumini qisib qoladi. Jon holatda bu ahvoldan qutulmoqni istagan may- mun dumining bir qismi daraxt orasida qolib ketadi. Harqalay, shoir bu masal orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrni angladingiz. Har qanday hunarning o‘ziga xos sir-u sinoati, yillar davomida o‘zlashtiriladigan nozik jihatlari bo‘lishini ang- lamaguncha kishi biror natijaga erishishi mumkin emasligi 6 2 ma’lum, albatta. Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘r- g‘alar deganlaridek, masaldagi o‘zbilarmon maymun ham ayanchli, ham kulgili holga tushadi. Hamma zamonlarda bo‘l- gani singari, Gulxaniy zamonida ham qo‘lidan kelmagan ishga urinib dovruq topmoqchi bo‘lgan, natijada ham o‘zini, ham xalqni qiynaydigan turli darajadagi kishilar ko‘plab uchragan. Mazkur masalni mana shunday kishilarga nisbatan shoirning achchiq kinoyasi, xolis bahosi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. 1. Gulxaniy haqida bilganlaringizni gapirib bering. 2. «Kabutar bilan Zog‘» hikoyatidan qanday ma’no uqdingiz? 3. Qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo‘ladi degan fikr qaysi masalda aks etgan? 4. «Tuya bilan Bo‘taloq» hikoyati nima haqida? Bo‘taloq ona- sidan nega xafa bo‘ldi? Ona tuyaning javobini sharhlang. 5. «Toshbaqa bilan Chayon» hikoyati mazmuni orqali qanday ibratli fikr ilgari surilgan? Tushuntirib bering. 6. O‘z ahvolidan doim shikoyat qilib yurish, noshukurlik illatlari fosh qilingan hikoyani topib sharhlashga urinib ko‘ring-chi. 7. «Yodgor po‘stindo‘z» hikoyalarida qanday xulqli odamlar hajv qilinadi? 8. «Zarbulmasal»dan keltirilgan naqllardagi odamlarning la- tifanamo holatini sharhlang. 9. «Zarbulmasal» deb qanday asarga aytiladi? 10. Daftaringizga «Zarbulmasal»dagi maqol va iboralarni ko‘- chirib oling. Ularni hozirgi maqollar bilan taqqoslang. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling