6. Amaliy mashg`ulot: Eritmalar haqida ma’lumot


Download 66.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi66.63 Kb.
#210095
Bog'liq
6-amaliy (1)



6. Amaliy mashg`ulot:  Eritmalar haqida ma’lumot 

Reja. 


1. 

Eritmalar haqida ma’lumot 

2. 

Eritmalar sistemalarning xillari. 



3. 

Eritmalarning olinish usullari. 

 

Kolloid  kimyo  -  mustaqil  fan  bo`lib,  bir  qator  xususiyatlari  jixatidan  bir-biriga 



o`xshash sistemalarni o`rganadi. 

Kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo`lgan geterogen sistemalarni 

va  yuqori  molekulyar  sistemalarni  tekshiradi.  Biror  moddaning  mayda  bo`lakchalari 

boshqa  bir  modda  ichida  tashqaridan  hosil  bo`lgan  sistemaga  dispers  sistema  deb 

ataladi. Dispers so`zi lotincha dispergare ya'ni tarqalmoq so`zidan kelib chiqqan.  

Tarqalgan  modda  dispers  faza,  ikkinchi  modda-dispersion  muhit  deb  nomlanadi. 

Dispers  sistemaning  barqarorligi  dispers  faza  va  dispersion  muhit  zarrachalarining 

katta kichikligiga qarab, uch sinfga bo`linadi: 

1. 

Dag`al  dispres  sistemalar.  Bu  sistemalarda  dispres  faza  zarrachalarining 



o`lchami  100  mmkm  (millimikron)  dan  ortiq.  Masalan,  suspenziya,  emulsiya, 

ko`piklar. 

2. 

Kolloid  sistemalar.  Bu  sistemada  dispres  faza  zarrachalarining  o`lchami  1 



mmkmdan 100 mmkmgacha bo`ladi. 

3. 


Chin  eritmalar.  Dispres  faza  zarrachalarining  o`lchami  1  mmkmdan  kichik 

bo`ladi. 

Kolloid  sistemadagi  zarrachalarni  odatdagi  mikroskop  bilan  ko`rib  bo`lmaydi. 

Ularni  maxsus  optik  asboblar  bilan  tekshirish  mumkin.  Ular  filtr  qog`ozlardan  o`tib 

ketadi,  lekin  o`simlik  vaxayvonlarning  organizmiga  membranalaridan  o`tmaydi.Ular 

mikrogeterogen  sistemalar  deb  qaraladi.  Kolloid-kimyoviy  prosesslardan,  qadimgi 

Rus  mamlakatlarida  ovqat  tayyorlash,  teri  pishirish,  matolarni  bo`yashda  qo`llab 

kelingan.  Dastlab  kolloid  kimyoga  ingliz  olimi  T.Grem  asos  solgan.  Undan  avval 

M,V. Lomonosov, Berseliue, Selmi, Musin-Pushkin, Faradey, Borshchev va boshqalar 

qisman  ish  loib  borganlar.  1861  yilda  Grem  eritmalari  yaxshi  diffuziyalangan  

moddalarni kristalloidlar deb, eritmalarni yomon diffuziyalangan va kristall tuzilishiga 

ega  bo`lmagan  moddalarni  kolloidlar  deb  atadi.  (kolloid  grekcha-kolla-  yelim 

so`zidan).  Grem  kolloid  eritmalarini  olish  va  tozalash  usulllarini  ishlab  chiqdi.  Ular 

xozirda  xam  foydalanilmoqda.  Lekin  1868  yil  Borshchov  kolloid  moddalar  kristall 

xolida  bo`lishini  isbot  qildi.  Borshchovning  fikricha  eritmalarda  diffuziya  sust 

bo`lishining  sababi,  bu  modda  zarrachalarining  katta-kichikligidir.  Borshchov 

diffuziya  tezligi  zarrachalarning  radiusiga  teskari  proporssional  ekanini  aytib  o`tdi. 

So`ngra  rus  olimi  P.P.  Veymari  Gremning  fikrini  tor  manoga  ekanini  isbot  qildi.  U 

kolloid  xolatda  200dan  ortiq  modda  tayyorlab,  har  qanday  modda  xam  kolloid,  ham 

kristall  xolatda  bo`la  olishini  ko`rsatdi.  Bu  asosiy  ta'limot  bo`lib  qoldi.  Masalan  osh 

tuzi  suvda  eriganda  chin  eritma,  agar  benzolda  eritib  -  kolloid  eritma  xosil  qilish 

mumkin. Sovun suvda eriganda kolloid, spirtda erisa, chin eritmalar olish mumkin. 

Shunday  qilib  barcha  moddalar  kolloidlar  va  kristalloidlar  gruppasiga  bo`linishi 

noto`g`ri  ekanini  isbot  qildi.  har  qanday  modda  sharoitga  qarab  kolloid  va  kristall 

xolatda bo`la olishi aniqlandi. 



1762  yilda  M.V.  Lomonosov  iviqlar  ustida  ish  olib  bordi.  Oltinning  kolloid 

eritmasidan  rangli  shishalar  tayyorladi.  1797yilda  Musin-Pushkin  simob  metallining 

kolloid eritmasini xosil qildi. Rus olimi Shvedov 1869 yilda jelatina eritmasi misolida 

kolloid  sistemalarning  mexanikaviy  strukturaviy  xossalarini  tekshirdi.  Kolloid 

kimyoning taraqqiyotida Dumanskiyning xizmati katta. U optik kolloid eritmalarning 

qovushqoqligini,  elektr  o`tkazuvchanligini  optik  xossalarini  o`rgandi.  Kolloid  va 

yuqori  molekulyar  sistemalarni  o`rganishda  Kargin,  Jukov,  Dokadkin,  Rogovgen, 

Lipatov  va  Axmedov  va  boshqalarning  xizmati  katta.  Kolloid  sistemalar  turmush  va 

sanoatda  g`oyat  katta  axamiyatga  ega.  O`simlik  va  xayvon  organlarining  asosiy 

tarkibiy qismini kolloid xolatda bo`ladi. Sintetik kauchuk, sun'iy ipak, plastmassalarni 

texnologiyasi kolloid kimyoga asoslangan.  

Charm  tayyorlash  sanoatida  terini  ishlash,  bo`ktirish,  yuvish  kolloid  kimyoga 

asoslangan. Metallurgiya va kulolchilik ishlarida, sement, sun'iy toshlar, rangli shisha, 

qog`oz,  sovun,  surkov  moylari,  laklar  va  boshqa  soxalarda  kolloid  kimyoviy 

prosesslar g`oyat katta axamiyatga ega.  Kolloid sistemalarning xillari.  

Barcha dispers sitemalar: 

 a)  dispers  faza  zarrachalarini  katta  kichikligiga  va  b)  dispersion  muxitni  agregat 

xolatiga  qarab  bir  necha  sinfga  bo`linali.  Kolloid  moddalarning  olinish  usullari. 

Kolloid eritmalar bir-biriga qarama-qarshi ikki usul bilan olinishi mumkin. 

1-usul. Yirikroq zarrachalarni maydalashdan, ya'ni dipergasiya 

2-usul.  Molekula  va  ionlardan  yirikroq  zarrachalar  xosil  qilishdan,  ya'ni  -

kondensasiya  usullaridir.  Kolloid  sistemalar  xosil  qilish  uchun  dispres  faza 

zarrachalarining  o`lchamlari1  mmn-100  mmn  gacha  bo`lishi  kerak.  Zarrachalarning 

o`lchami  analiziday  bo`lgan  suyuqlik  kolloid  sistema  hosil  qilishning  birinchi  sharti: 

dispres  faza  moddasi  shu  dispression  muxitda  mumkin  qadar  kam  eruvchan  bo`lishi 

lozim; ikkinchi shart: sistemada dispres faza va dispresion muxitdan tashqari uchinchi 

modda bo`lishi lozim, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispres faza bilan 

dispresion  muxit  zarrachalari  o`rtasida  mustaxkam  bog`lanish  hosil  qiladi.  Kolloid 

eritmalarni barqaror qiladigan moddalar stablizatorlar deyiladi. 

Dispergasiya  usuli  bo`yicha  qattiq  jismni  maydalash  uchun  kolloid  tegirmonlar 

ishlatiladi.  Kolloid  tegirmonning  ishlashi  qattiq  jismni  maydalash  uchun  kolloid 

tegirmonlar ishlatiladi.  

Kolloid tegirmonlarning ishlashi quyidagi ikki prinsipga asoslanadi: 

1. 


Moddani  juda  ham  maydalash  uchun  tez-tez  beriladigan  yengil  zarblar 

yaxshi ta'sir etadi. 

2. 

Kolloid  tegirmonda  beriladigan  zarb  maydalanadigan  moddaning  o`ziga 



emas, suyuqlik orqali beriladi. 

Kolloid  eritmasi  tayyorlanadigan  modda  avval  maydalanadi,  suyuqlik  stablizator 

bilan aralashtiriladi, so`rgra u teshik orqali tegirmonga solinadi (1). Suyuqlik va uning 

ichidagi  qattiq  jism  o`qqa  o`rnatilgan  kurakcha  (2)  yordamida  tez  qorishtiriladi. 

Kurakcha  minutiga  10000-15000  marta  aylanadi.  Natijada  suyuqlik  va  qattiqmodda 

zarrachalari  juda  tez  xarakatlanadi  va  xarakatsiz  tishlarga(3)  urilib  maydalanadi. 

Tayyor  maydalangan  maxsulot  tegirmonning  past  qismidagi  teshik(4)  orqali  chiqadi. 

Bu  usul  bilan  bo`yuq,  oltngugurt,  grafit,  kvars  va  moddalarning  kolloid  eritmasi 

tayyorlanadi. 



Metallarni  elektr  yordamida  "changlatish"  usuli.Buning  uchun  kolloid  eritmasi 

olinishi  kerak  bo`lgan  metallardan  yasalgan  ikki  sim  dispersion  muxitga  tushirilib, 

ularning biri elektr manbaining musbat qutbi bilan, ikkinchisi esa manfiy qutbi bilan 

ulanadi. Simlar bir-biriga tekkizilib, elektr yoyi xosil qilinadi, so`ngra ular bir-biridan 

uzohlashtiriladi.  Bu  vaqtda  metall  euvchi  ichida  changlana  boshlaydi.  Barqaror  zol 

xosil  bo`lishi  uchun  ozgina  ishqor  qo`shiladi.  Bu  usulda  asosan  asl  metallarning 

zollari  olinadi.  Changlatish  bilan  kolloid  eritma  xosil  qilishdan  avval  matall 

bug`lanadi,so`ngra  uning  molekulalari  birikib,  kolloid  eritma  zarrachalarini  hosil 

qiladi.  

Fizikaviy kondensasiY. 

Fizikaviy  kondensasiya  usullaridan  biri  dispersion  muxitga  qattiq  jism  bug`ini 

yuborish  usulidir.  Bu  usul  bilan  simob,  selen,  oltingugurt,  fosfor  zollari  olinadi. 

Professor Shalnikov va Roginskiylar modda bug`ini qattiq sovutilgan suyuqlik sirtida 

kondensatlab, kolloid eritmalar hosil qilish usulini ishlab chiqdilar. Ular bu usul bilan 

metall  va  metallmaslarning  suvdagi  va  ogganik  muhitlardagi  kolloid  eritmalarini 

olishga  muvafaq  bo`ladilar.  Shu  yo`l  bilan  Hg,  Cd,  Se,  S,  P  larni  gidrozollarini  Hg, 

Cd,  K,  Pb,  Cs,  Na  larning  organizollarini  hosil  qiladilar.  Shalnikov  va  Roginskiy 

usulida kolloid eritma tayyorlanadigan asbob sxemasi ko`rsatilgan.(rasm). Asbobning 

a  qismiga  bug`lanuvchi  qattiq  modda  (a)  b    qismiga  dispersion  muhit  (benzol),  v 

qismiga  suyuq  havo  solinadi.  Asbobning  a  va  b  qismlari  qizdirilganda  Na  va  S

6

N

6



 

bug`lanib,  suyuq  havo  solingan  v  idish  sirtiga  kondensatlanadi.suyuq  havo  olib 

qo`yilgan (bug`lanib bo`lgach) kondensatlanish natijasida hosil bo`lgan kolloid eritma 

asbobning  2-qismiga  yig`iladi.  Fizikaviy  kondensasiya  usullariga  eruvchini 

almashtirish usuli kiradi. Misol uchun ba'zi organik kislotalar etil spirtidayaxshi lekin, 

suvda  yomon  eriydi.  Bunday  kislotalarning  suvdvgi  kolloid  eritmasini  hosil  qilish 

uchun,  avval  kislota  spirtda  eritiladi.  So`ngra  hosil  bo`lgan  eritmaga  asta-sekin  suv 

qo`shib  suyultiriladi.  Suv  spirt  bilan  har  qanday  nisbatda  aralashganidek,  spirtda 

erigan  organik  kislota  suvga  o`tgach,  uning  suvdagi  kolloid  eritmasini  hosil  qiladi. 

Shu  yo`l  bilan,  masalan  oltingugurtning  spirtdagi  eritmasiga  suv  qo`shib, 



oltingugurtning suv kabi oq kolloid eritmasini hosil qilish mumkin. 

 

Download 66.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling