6. Amaliy mashg`ulot: Eritmalar haqida ma’lumot
Download 66.63 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy (1)
6. Amaliy mashg`ulot: Eritmalar haqida ma’lumot Reja.
1. Eritmalar haqida ma’lumot 2. Eritmalar sistemalarning xillari. 3. Eritmalarning olinish usullari.
Kolloid kimyo - mustaqil fan bo`lib, bir qator xususiyatlari jixatidan bir-biriga o`xshash sistemalarni o`rganadi. Kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo`lgan geterogen sistemalarni va yuqori molekulyar sistemalarni tekshiradi. Biror moddaning mayda bo`lakchalari boshqa bir modda ichida tashqaridan hosil bo`lgan sistemaga dispers sistema deb ataladi. Dispers so`zi lotincha dispergare ya'ni tarqalmoq so`zidan kelib chiqqan. Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda-dispersion muhit deb nomlanadi. Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza va dispersion muhit zarrachalarining katta kichikligiga qarab, uch sinfga bo`linadi: 1. Dag`al dispres sistemalar. Bu sistemalarda dispres faza zarrachalarining o`lchami 100 mmkm (millimikron) dan ortiq. Masalan, suspenziya, emulsiya, ko`piklar. 2. Kolloid sistemalar. Bu sistemada dispres faza zarrachalarining o`lchami 1 mmkmdan 100 mmkmgacha bo`ladi. 3.
Chin eritmalar. Dispres faza zarrachalarining o`lchami 1 mmkmdan kichik bo`ladi. Kolloid sistemadagi zarrachalarni odatdagi mikroskop bilan ko`rib bo`lmaydi. Ularni maxsus optik asboblar bilan tekshirish mumkin. Ular filtr qog`ozlardan o`tib ketadi, lekin o`simlik vaxayvonlarning organizmiga membranalaridan o`tmaydi.Ular mikrogeterogen sistemalar deb qaraladi. Kolloid-kimyoviy prosesslardan, qadimgi Rus mamlakatlarida ovqat tayyorlash, teri pishirish, matolarni bo`yashda qo`llab kelingan. Dastlab kolloid kimyoga ingliz olimi T.Grem asos solgan. Undan avval M,V. Lomonosov, Berseliue, Selmi, Musin-Pushkin, Faradey, Borshchev va boshqalar qisman ish loib borganlar. 1861 yilda Grem eritmalari yaxshi diffuziyalangan moddalarni kristalloidlar deb, eritmalarni yomon diffuziyalangan va kristall tuzilishiga ega bo`lmagan moddalarni kolloidlar deb atadi. (kolloid grekcha-kolla- yelim so`zidan). Grem kolloid eritmalarini olish va tozalash usulllarini ishlab chiqdi. Ular xozirda xam foydalanilmoqda. Lekin 1868 yil Borshchov kolloid moddalar kristall xolida bo`lishini isbot qildi. Borshchovning fikricha eritmalarda diffuziya sust bo`lishining sababi, bu modda zarrachalarining katta-kichikligidir. Borshchov diffuziya tezligi zarrachalarning radiusiga teskari proporssional ekanini aytib o`tdi. So`ngra rus olimi P.P. Veymari Gremning fikrini tor manoga ekanini isbot qildi. U kolloid xolatda 200dan ortiq modda tayyorlab, har qanday modda xam kolloid, ham kristall xolatda bo`la olishini ko`rsatdi. Bu asosiy ta'limot bo`lib qoldi. Masalan osh tuzi suvda eriganda chin eritma, agar benzolda eritib - kolloid eritma xosil qilish mumkin. Sovun suvda eriganda kolloid, spirtda erisa, chin eritmalar olish mumkin. Shunday qilib barcha moddalar kolloidlar va kristalloidlar gruppasiga bo`linishi noto`g`ri ekanini isbot qildi. har qanday modda sharoitga qarab kolloid va kristall xolatda bo`la olishi aniqlandi.
1762 yilda M.V. Lomonosov iviqlar ustida ish olib bordi. Oltinning kolloid eritmasidan rangli shishalar tayyorladi. 1797yilda Musin-Pushkin simob metallining kolloid eritmasini xosil qildi. Rus olimi Shvedov 1869 yilda jelatina eritmasi misolida kolloid sistemalarning mexanikaviy strukturaviy xossalarini tekshirdi. Kolloid kimyoning taraqqiyotida Dumanskiyning xizmati katta. U optik kolloid eritmalarning qovushqoqligini, elektr o`tkazuvchanligini optik xossalarini o`rgandi. Kolloid va yuqori molekulyar sistemalarni o`rganishda Kargin, Jukov, Dokadkin, Rogovgen, Lipatov va Axmedov va boshqalarning xizmati katta. Kolloid sistemalar turmush va sanoatda g`oyat katta axamiyatga ega. O`simlik va xayvon organlarining asosiy tarkibiy qismini kolloid xolatda bo`ladi. Sintetik kauchuk, sun'iy ipak, plastmassalarni texnologiyasi kolloid kimyoga asoslangan. Charm tayyorlash sanoatida terini ishlash, bo`ktirish, yuvish kolloid kimyoga asoslangan. Metallurgiya va kulolchilik ishlarida, sement, sun'iy toshlar, rangli shisha, qog`oz, sovun, surkov moylari, laklar va boshqa soxalarda kolloid kimyoviy prosesslar g`oyat katta axamiyatga ega. Kolloid sistemalarning xillari. Barcha dispers sitemalar: a) dispers faza zarrachalarini katta kichikligiga va b) dispersion muxitni agregat xolatiga qarab bir necha sinfga bo`linali. Kolloid moddalarning olinish usullari. Kolloid eritmalar bir-biriga qarama-qarshi ikki usul bilan olinishi mumkin. 1-usul. Yirikroq zarrachalarni maydalashdan, ya'ni dipergasiya 2-usul. Molekula va ionlardan yirikroq zarrachalar xosil qilishdan, ya'ni - kondensasiya usullaridir. Kolloid sistemalar xosil qilish uchun dispres faza zarrachalarining o`lchamlari1 mmn-100 mmn gacha bo`lishi kerak. Zarrachalarning o`lchami analiziday bo`lgan suyuqlik kolloid sistema hosil qilishning birinchi sharti: dispres faza moddasi shu dispression muxitda mumkin qadar kam eruvchan bo`lishi lozim; ikkinchi shart: sistemada dispres faza va dispresion muxitdan tashqari uchinchi modda bo`lishi lozim, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispres faza bilan dispresion muxit zarrachalari o`rtasida mustaxkam bog`lanish hosil qiladi. Kolloid eritmalarni barqaror qiladigan moddalar stablizatorlar deyiladi. Dispergasiya usuli bo`yicha qattiq jismni maydalash uchun kolloid tegirmonlar ishlatiladi. Kolloid tegirmonning ishlashi qattiq jismni maydalash uchun kolloid tegirmonlar ishlatiladi. Kolloid tegirmonlarning ishlashi quyidagi ikki prinsipga asoslanadi: 1.
Moddani juda ham maydalash uchun tez-tez beriladigan yengil zarblar yaxshi ta'sir etadi. 2. Kolloid tegirmonda beriladigan zarb maydalanadigan moddaning o`ziga emas, suyuqlik orqali beriladi. Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik stablizator bilan aralashtiriladi, so`rgra u teshik orqali tegirmonga solinadi (1). Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism o`qqa o`rnatilgan kurakcha (2) yordamida tez qorishtiriladi. Kurakcha minutiga 10000-15000 marta aylanadi. Natijada suyuqlik va qattiqmodda zarrachalari juda tez xarakatlanadi va xarakatsiz tishlarga(3) urilib maydalanadi. Tayyor maydalangan maxsulot tegirmonning past qismidagi teshik(4) orqali chiqadi. Bu usul bilan bo`yuq, oltngugurt, grafit, kvars va moddalarning kolloid eritmasi tayyorlanadi.
Metallarni elektr yordamida "changlatish" usuli.Buning uchun kolloid eritmasi olinishi kerak bo`lgan metallardan yasalgan ikki sim dispersion muxitga tushirilib, ularning biri elektr manbaining musbat qutbi bilan, ikkinchisi esa manfiy qutbi bilan ulanadi. Simlar bir-biriga tekkizilib, elektr yoyi xosil qilinadi, so`ngra ular bir-biridan uzohlashtiriladi. Bu vaqtda metall euvchi ichida changlana boshlaydi. Barqaror zol xosil bo`lishi uchun ozgina ishqor qo`shiladi. Bu usulda asosan asl metallarning zollari olinadi. Changlatish bilan kolloid eritma xosil qilishdan avval matall bug`lanadi,so`ngra uning molekulalari birikib, kolloid eritma zarrachalarini hosil qiladi. Fizikaviy kondensasiY. Fizikaviy kondensasiya usullaridan biri dispersion muxitga qattiq jism bug`ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, selen, oltingugurt, fosfor zollari olinadi. Professor Shalnikov va Roginskiylar modda bug`ini qattiq sovutilgan suyuqlik sirtida kondensatlab, kolloid eritmalar hosil qilish usulini ishlab chiqdilar. Ular bu usul bilan metall va metallmaslarning suvdagi va ogganik muhitlardagi kolloid eritmalarini olishga muvafaq bo`ladilar. Shu yo`l bilan Hg, Cd, Se, S, P larni gidrozollarini Hg, Cd, K, Pb, Cs, Na larning organizollarini hosil qiladilar. Shalnikov va Roginskiy usulida kolloid eritma tayyorlanadigan asbob sxemasi ko`rsatilgan.(rasm). Asbobning a qismiga bug`lanuvchi qattiq modda (a) b qismiga dispersion muhit (benzol), v qismiga suyuq havo solinadi. Asbobning a va b qismlari qizdirilganda Na va S 6 N
bug`lanib, suyuq havo solingan v idish sirtiga kondensatlanadi.suyuq havo olib qo`yilgan (bug`lanib bo`lgach) kondensatlanish natijasida hosil bo`lgan kolloid eritma asbobning 2-qismiga yig`iladi. Fizikaviy kondensasiya usullariga eruvchini almashtirish usuli kiradi. Misol uchun ba'zi organik kislotalar etil spirtidayaxshi lekin, suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdvgi kolloid eritmasini hosil qilish uchun, avval kislota spirtda eritiladi. So`ngra hosil bo`lgan eritmaga asta-sekin suv qo`shib suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda aralashganidek, spirtda erigan organik kislota suvga o`tgach, uning suvdagi kolloid eritmasini hosil qiladi. Shu yo`l bilan, masalan oltingugurtning spirtdagi eritmasiga suv qo`shib, oltingugurtning suv kabi oq kolloid eritmasini hosil qilish mumkin. Download 66.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling