6-amaliy mashg’ulot Mavzu: Adabiy til va uning me’yorlari reja


Mavzuga oid savol va topshiriqlar


Download 73.74 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi73.74 Kb.
#1595622
1   2   3
Bog'liq
6-amaliy

Mavzuga oid savol va topshiriqlar:

1. Adabiy til me‘yori qanday o’lchovlarga asoslanadi?


2. Nutqiy malakaga qanday erishish mumkin?
3. Nutq uslublari, asosan, necha ko’rinishga ega?
4. Nutq uslublari o’zaro qanday farqlanadi?
5. Adabiy nutq me‘yorlari deganda nimani tushunasiz?
6. Grammatik me‘yorlar buzilganda, nutq qanday ko’rinishga ega bo’ladi?
7. Nutqdagi fonetik me‘yorlar nimalardan iborat?
8. Leksik-semantik me‘yorning buzilishiga misollar keltiring.
9. Nutqda aksentologik me‘yorga amal qilish qanday ahamiyat kasb etadi?
10. Uslubiy me‘yorlar nimalarga asoslanadi?
Topshiriqlar:
1.Mavzu bo’yicha tushinchalaringizn ifodalang.
2. Til va tafakkur, til va nutq haqidagi tushinchalaringizni bayon eting.
3. Til va nutq to’g’risida maqol va hikmatli so’zlar yozing
4. Madaniy nutq tushunchasi haqida fikrlaringizni bayon eting.
5. Nutq me’yorlari haqida tushinchangizni izohlang.
1-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring. Xato yozish sabablarini tushuntiring.

1.Til tafakkurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning iqlimi issiq siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olgan taassurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib, qipqizil olmalarni tariflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Davo hujjatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring. 6. To‘yboshi devqomat bir yigitni sahnaga chiqardi.


7. Amudaryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edi-da!
topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida taklif-tavsiyalaringizni yozma ravishda bayon qiling.
2-topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida taklif-tavsiyalaringizni yozma ravishda bayon qiling.
So‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish, qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘z va so‘z shakllarini bilish, bosh harflar bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarini o‘zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin emas. Imlo qoidalarini bilish faqat to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchungina zarur deyish xato bo‘ladi. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish, nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish, hatto so‘zning matndagi ma’nosini to‘g‘ri anglash va o‘rinli qo‘llay bilish uchun ham imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi.
Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas- diqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni chuqur o‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har bir o‘quvchi, qolaversa, barcha fuqarolarning burchidir. Afsuski, ko‘zga tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida, idoralar nomi yozilgan lavhalarda Yunusobod, Yangi bozor, orombaxsh, ko‘z oynak, elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi. Vatanini, millatini sevgan har bir kishi yozuv madaniyati azal-azaldan milliy qadriyatlarning ko‘zgusi, ilmiy-ma’rifiy salohiyatning belgisi bo‘lib kelayotganini aslo unutmasligi
lozim. Ulug‘lanayotgan qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliy yozuvimizga hurmat va e’tiqodni to‘g‘ri va chiroyli yozish orqali tarbiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.

3-topshiriq. So‘zlarni ko‘chirib yozing, qo‘sh unli va undosh harflarning to‘g‘ri yozilishini esda tuting.


I.Matbaa, mutolaa, manfaat, mudofaa, murojaat, muta- assib, taassurot, taajjub, taassuf, shuur, vakuum, inshoot, badiiy.
II.Muqaddam, muddat, modda, moddiy, muqaddas, malla, metall, murakkab, mutafakkir, mukammal, tavakkal, tasarruf, tafakkur, tullak, taraddud, zukko, ziddiyat, Zahiriddin, gamma, grammatika, diagramma, hujjat, himmat, hammom, hurriyat, hakka, dukkak, lazzat, kollej, kakku, kalla, silliq, salla, sakkiz, sodda, jiddiy, go‘mma, chappa, chillaki, xatti-harakat, qaddi-qomat, achchiq, avvalo, omma, okkulist, yollanma.



Download 73.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling