6-Amaliy mashg’ulot mavzu: magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li (gulli)


Download 7.15 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi7.15 Kb.
#1362355
Bog'liq
6-амалий машгулот


6-Amaliy mashg’ulot
MAVZU: MAGNOLIYATOIFA YOKI YOPIQ URUG‘LI (GULLI)
0‘SIMLIKLAR BO‘LIMI (Angyeospermaye, Magnolophyta)
MAGNOLIYAKABILAR SINFCHASI (Magnolidae), MAGNOLIYADOSHLAR OILASI (Magnoliaceae) va AYIQTOVONKABILAR SINFCHASI (Ranunculidae), AYIQTOVONDOSHLAR OILASI (Ranunculaceae)
Kerakli materiallar: magnoliya, ayiqtovon, parpi, isfaraklaming gerbariy namunalari. Spirtda fiksirlangan gullar, mevalar.
Umumiy tushuncha
1. Magnoliyadoshlar oilasi. Bu oila 14 turkumga mansub 240 ga yaqin turga ega bo‘lib, daraxt yoki buta, barglari doimo yashil (AQSH) yoki to‘kiluvchan (Osiyoda o‘sadigan vakillarida). 0‘zbekistonda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Gullari yirik va xushbo‘y. Magnoliyaning gul, meva va vegetativ organlari tuzilishi o‘ziga xos.
Bu oilaning asosiy vakili sifatida yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) bilan tanishamiz.
Topshiriqlar
1. Yirik gulli magnoliya gerbariysidan foydalanib, vegetativ va generativ organ- lar o‘rganiladi.
2. Barg, gul va uning qismlari, meva, urug‘lar rasmi chizib olinadi.
3. Tekshirilgan turlar aniqlanadi.
Ish tartibi:
Tirik materiallar yetarli bo‘lmasa, gerbariy materiallaridan foydalanib, so‘ngida jadval va rasmlardan ko‘rib, magnoliya haqida to‘liq tasawurga ega bo‘lamiz. Magnoliya o‘simligiga to‘liq tavsif beramiz.
Kattagulli magnoliya (Magnolia grandiflora):
1-gulli novda; 2-арокаф ko‘pbargli meva; 3-gul diagrammasi.

Yirik gulli magnoliya - balandligi 30 metrgacha bo‘ladigan daraxt. Barglari yirik, ustki tomoni och yashil, ostki tomoni qo‘ng‘ir tukli. Barg va po‘stloqlarida efir moyli ichki bezlar bor. Guli ikki jinsli, gulqo‘rg‘oni yirik, gultojini gulkosa- chasidan ajratish qiyin, gulda bargchalarning soni ham bir xil emas. Ular odatda oq yoki pushti. Changclii va urug‘chilari ko‘p sonda. Maxsus qo‘ng‘izlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq, spiral joylashgan, ko‘p bargchali, yonidan ochiluvchi.
Barg va yosh novdalaridan, gullaridan efir moyi olinadi. Xushbo‘y hidli.
Yirik gulli magnoliya bilan lola daraxti o‘simliklarini qiyosiy solishtiring.
Download 7.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling