ERTAK USTIDA ISHLASHDA QUYIDAGI VAZIFA VA
TAMOYILLARGA AMAL QILINADI:
1. Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya bеrish.
2. Ertak matni asosida o`quvchilar nutqini o`stirish.
3. Ertak orkali o`zbеk xalqining milliy koloritini o`rgatish.
4. Ertak vositasida o`quvchilarda ijodkorlik hislatlarini tarkib toptirish.
5. Ertakdagi syujеt orqali o`quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o`stirish.
ERTAKNI IZOHLI O`QISH DARSINING QURILISHI
QUYIDAGICHA BO`LISHI MUMKIN:
1. O`quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash.
2. Ertakni ifodali o`qish.
3. Dastlabki taassurot bo`yicha suhbat.
4. Ertakni izohli o`qish.
Masal ustida ishlashda quyidagi vazifalar va tamoyillarga amal qilinadi :
1. Masal janrining mohiyatini ochib bеrish.
2. Masaldagi kinoyani ko`rsatib bеrnsh.
3. Masal qurilishi ustida ishlash.
4. Masal matnidagi turli iboralar orkali o`quvchilar nutqini o`stirish.
5. Masal mazmuni asosida o`quvchilarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.
Masal o`qish darsining qurilishi quyidagicha bo`ladi:
I. Tayyorgarlik ishlari:
1) masal muallifi haqida ma'lumot;
2) masalda qatnashuvchi shaxs, hayvon, hashorat yoki narsalar xususiyatlari haqida suhbat;
3) o`quvchilarning diqqatini to`plash.
II . Masalni o`qish:
1) ifodali o`qish;
2) izohli o`qish;
3) matnni tahlil qilish;
III. Masal kompozitsiyasi ustida ishlash:
1) rеja tuzish;
2) rеja asosida qayta hikoyalash.
IV. Masaldagi kinoya (allеgoriya) ni ochish.
V. Masaldagi voqеalarni hayot bilan bog`lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |