6-amaliy mavzu: Issiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik berish koeffitsentini aniqlash reja
Download 202.07 Kb.
|
6-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirxgof qonuni.
Stefan-Bolsman qonuni. Biror jismning yuza birligi F dan vaqt birligi davomida to‘lqin uzunligining hamma intervali bo‘yicha (A = 0 dan A = oo gacha) nurlangan energiyaning miqdori jismning nur chiqarish qobiliyati E deb ataladi. Ushbu ta’rif absolyut qora jism uchun quyidagi ko‘rinishga ega:
(19.22) bu erda, - absolyut qora jismning nur chiqarilish qobiliyati, Vt/m2; - absolyut qora jismning nur chiqarish doimiyligi, ; T- jism yuzasining absolyut harorati, K. (19.22) tenglama Stefan-Bolsman qonuni deb ataladi. Bu qonun Plank tenglamasining hosilasi hisoblanadi. Bu qonunga ko‘ra, absolyut qora jismning nur chiqarish xususiyati yuza absolyut haroratining to‘rtinchi darajasiga proporsionaldir. Stefan-Bolsman qonuni kulrang jismlar uchun quyidagi ko‘rinishga ega: (19.23) bu erda, -kulrang jismning nisbiy nur chiqarish koeffitsienti; - absolyut qora jismning nur chiqarish koeffitsienti, . Kulrang jismning nisbiy nur chiqarish koeffitsienti materialning tabiati, uning rangi, harorati, yuzasining holatiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati 1 dan kichik bo‘ladi va 0,055 - 0,95 chegarada o‘zgaradi (masalan, t=25°C bo‘lganda uglerodli po‘lat listi uchun ). Kirxgof qonuni. Bu qonun kulrang jismning nur chiqarish va nurni yutish xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda qiladi. o‘zaro parallel joylashgan kulrang (1) va absolyut qora (2) jismlarni olib ko‘ramiz (19.5-rasm). Bir jism yuzasidan chiqarilgan nur ikkinchi jismning yuzasiga tushadi. Kulrang jismning yutish qobiliyatini , bilan belgilaymiz. Absolyut qora jism uchun . Kulrang jism haroratini absolyut qora jism haroratidan yuqori deb olamiz, ya’ni Bunda kulrang jismning yuza birligidan (vaqt birligida) nurlanish orqali berilgan issiqlikning miqdori quyidagicha topiladi: 19.5-rasm. Kirxgof qonunini aniqlashga doir sxema. (19.24) Ikkala jismning harorati bir xil bo‘lganda issiqlik muvozanati yuzaga keladi (q=0): . Bundan Natijada o‘zaro parallel joylashgan bir qator jismlar uchun quyidagi ifodani yozish mumkin: (19.25) (19.25) tenglama Kirxgof qonunini ifodalaydi. Bu qonunga asosan ma’lum harorat uchun ixtiyoriy bir jismning nur chiqarish qobiliyatini uning nur yutish qobiliyatiga bo‘lgan nisbati o o‘zgarmas miqdor bo‘lib, bu miqdor absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatiga teng. Download 202.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling