Nur chiqarish orqali issiqlik almashishi. Harorati absolyut noldan yuqori bo‘lgan jismlar nur orqali o‘zaro energiya almashishi mumkin. Bunday energiyaning almashinishi oqibatida harorati past bo‘lgan jism harorati yuqori bo‘lgan jismdan qo‘shimcha energiya (issiqlik) oladi. Harorati yuqori bo‘lgan jismdan harorati past bo‘lgan jismga o‘tgan issiqlik miqdori energetik balans orqali aniqlanadi. Masalan, yuzalari , va ga teng bo‘lgan o‘zaro parallel joylashgan tekis jismlar o‘rtasidagi nurlanish orqali o‘tgan issiqlik miqdori quyidagicha topiladi:
bu erda, birinchi jismdan ikkinchi jismga nurlanish orqali berilgan issiqlik miqdori; - jismning nur chiqarayotgan yuzasi; - jismlar tizimining keltirilgan nur chiqarish koeffitsienti.
Qattiq jism va suyuqliklar nur energiyasining hamma to‘lqin uzunligi intervalida nurni yutishi va chiqarishi mumkin, gazlar esa nur energiyasining faqat ayrim to‘lqin uzunliklarini yutish va chiqarish hususiyatlariga ega; Gazlar nurni butun hajmi bo‘yicha yutishi yoki chiqarishi mumkin, shu sababli nurlanish jarayoni gaz qatlamining qalinligi va gaz aralashmasi tarkibidagi nur chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan gazning miqdoriga bog‘liqdir.
Gazning nurlanish issiqligini quyidagi tenglama orqali topish mumkin:
(19.27)
bu erda, -gazning nisbiy nur chiqarish koeffitsienti; - gazning absolyut harorati. Gazlarning nisbiy nur chiqarish koeffitsientlari qiymati maxsus adabiyotlarda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |