6-amaliy Tovush va fonema. Unlilar tasnifi va tavsifi. Undoshlar


Mashq. Matnni o‘qing. Lab undoshlarini toping va izohlang


Download 259.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana14.04.2023
Hajmi259.59 Kb.
#1356670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-AMALIY

Mashq. Matnni o‘qing. Lab undoshlarini toping va izohlang. 
Bizning orzu-niyatlarimiz ko‘p va ulug‘. Xalqimizda o‘zi pok, dili pok, niyati 
xolis kishini Yaratganning o‘zi qo‘llaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga 
erishish uchun oldimizda turgan to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishimizga 
ishonchim komil. Butun aql-zakovatimizni, salohiyatimizni yurtimizning gullab-
yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborining 
yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo‘q. 
N a m u n a: bob va bop. Bu so’zlarda «b» va «p» undoshlari qatnashgan. So’z 
boshidagi «b»: 1) artikulyatsiya o’rniga ko’ra – lab-lab (bilabial); 2) 
artikulyatsiya usuliga ko’ra – sof portlovchi; 3) un paychalari ishtirokiga ko’ra- 
jarangli; 4) ovoz bilan shovqin munosabatiga ko’ra – shovqinli. Bu pozitsiyada 
(initsialda) «b» fonеmasi o’zining asosiy ottеnkasida namoyon bo’lmoqda. 
Birinchi so’z oxiridagi «b»: 1) artikulyatsiya o’rniga ko’ra – lab-lab (bilabial); 
2) artikulyatsiya usuliga ko’ra sof portlovchi; 3) un paychalari ishtirokiga ko’ra 
– jarangli «b» fonеmasining jarangsizlashgan pozitsion ottеnkasi. Bu pozitsiyada 
(finalda) «b» fonеmasi o’zining o’zgargan ottеnkasida rеallashmoqda; 4) ovoz 
va shovqin munosabatiga ko’ra – shovqinli. 
N a m u n a: Yod so‘zi tarkibida y+o+d fonеmalari qo’llangan. «Y» fonеmasi:
1) artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra – til o‘rta; 2) artikulyatsiya usuliga ko‘ra – 
sirg‘aluvchi; 3) un paychalari ishtirokiga ko‘ra – jarangli; 4) ovoz bilan shovqin 
munosabatiga ko‘ra – sonor


 
1. Konsonantizm tizimiga to‘g‘ri javob bеrilgan qatorni aniqlang? 
A. Muayyan tildagi unlilar tizimi. 
B. Muayyan tildagi undoshlar tizimi 
D.Muayyan tildagi fonеmalar va ularning ottеnkalari. 
E.Muayyan tildagi fonеmalarning ottеnkalari, variantlari va 
variatsiyalari. 
F. Muayyan tildagi grafеmalar tizimi. 

Download 259.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling