6-bob. Angliya va fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi (1-bosqich)


Download 126.89 Kb.

bet3/3
Sana12.02.2017
Hajmi126.89 Kb.
1   2   3

KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI

05.10.2011 18:57

tushunarsiz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoniyat tarixida XX

asrda bir necha bor ro'y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni oldindan ko'ra bilgandek (ma'lumki,

ishsizlik va qashshoqlik sharoitida sutlar dengizga to'kilgan, ekin maydonlariga o't qo'yilganligi

aniq). 


  

Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbai almashuv sohasi emas, balki ishlab

chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi. 

  

Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi, u



bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi»,

degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o'rtasida mehnat

taqsimotining to'g'ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy

shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. 

  

V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning



pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shunday zaruratga ehtiyoj yo'q degan. Agar V.Pettining

diqqat markazida pullar v boshqa tovarlar o'rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo'lsa,

Buagilberning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning

to'g'ridan-to'g'ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga

keskin qarshi bo'lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai mujassamlangan,

tovarlarning «haqiqiy baho» asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin

va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan

kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va

kumush o'rnini qog'oz pul bemalol qoplaydi. Ko'rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini

tushunib etmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning rolida qiymatga ega bo'lgan tovarlargina

xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni

yo'q qilish kerak. Shu erda u iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o'rtasidagi chambarchas

aloqani tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo'q qilmoqchi edi. 

  

Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qondirishda deb xato o'ylagan



(iste'mol va almashuv uchun).

  

Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga



tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy

tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy

bo'lsa, Buagilberda iste'mol qiymati bosh rolni o'ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. 

 18 / 21


KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI

05.10.2011 18:57

  

Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi, sanoat va savdoni



etarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo'lib, Fransiya kapitalizmi rivojining

xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat,

savdo va hatto qishloq xo'jaligida kapitalistik munosabatlar to'la g'alaba qozongan bo'lsa, uning

iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakterlanar

edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos. 

  

QISQACHA XULOSALAR

  

XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy



maktab kurtaklari paydo bo'la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g'oyalar V.Petti nomi bilan bog'liq

(burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning

chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy

sharoitlar). 

  

Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g'oya merkantilizmdan prinsipial farq qiladi,



agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo

saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo'lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga

keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni

himoya qildi, xususiy mulkni «muqaddas» va «dahlsiz» deb bildi. 

  

U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni abstrakt usullarni qo'llab har bir masalaning ichki



bog'liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti

«tabiiy baho» (qiymat), «siyosiy baho» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan

mehnat miqdori bilan o'lchanishi g'oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi.

«Mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir» degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv

qiymati (pul) shaklida tushundi. Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo'lgan jismoniy

minimum, ya'ni «yashash, mehnat qilish va ko'payish» uchun kerak darajada to'lansa bas,

degan g'oyani ilgari surdi. 

  

Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning soliq to'lashlarini zarur deb



bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to'g'ri hal etdi, ya'ni pul

miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to'g'ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari

proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo'lishini qo'llab-quvvatladi. Er va renta

 19 / 21


KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI

05.10.2011 18:57

masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini

isbotladi (er bahosini to'g'ri hal etmadi). 

  

Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog'i demografik statistika faniga



asos soldi. «Aholi - boylik asosi» masalasini to'g'ri qo'ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va

uni qisman hal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham

muhim g'oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu

sababli iqtisodiy qarashlarda o'ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni

qo'llagan bo'lsa, Buagilber asosan qishloq xo'jaligi sohasini tadqiq etdi va o'zining muhim

qisqacha xulosalarlarini chiqardi. 

  

Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin



tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo'lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to'g'ri

tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo'ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb

bildi. Noto'g'ri ravishda faqat qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor

qildi. 


  

Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o'z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir. 

  

Asosiy tushuncha va iboralar

  

Klassik (namunaviy) maktab; mehnat boylik manbai; tabiiy va siyosiy baholar; pulning miqdori;



(iste'mol va almashinuv); V.Pettining ish haqi, renta nazariyalari; er bahosi; statistika; inson

resurslari; P.Buagilber; iste'mol qiymati; ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi; boylik va

qashshoqlik. 

  

Nazorat va mulohaza uchun savollar

  

1. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. Bu maktabning merkantilizmdan



asosiy farqi nimadan iborat? 

  

 20 / 21



KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI

05.10.2011 18:57

2. V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi. 

  

3. Qiymat, ish haqi, pul, renta to'g'risidagi g'oyalar. 



  

4. Kapitalizm, xususiy mulk, erkin tadbirkorlikka bo'lgan munosabat. 

  

5. V.Pettining qarashlaridagi cheklanganlik. 



  

6. Fransiyaning shu davrdagi iqtisodiy ahvoli va uning P.Buagilber qarashlariga ta'siri. 

  

7. P.Buagilber nima uchun qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatladi? 



  

8. Fransiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qanday islohotlar taklif etildi? 

  

9. Proporsional baholar, iqtisodiy inqiroz to'g'risidagi g'oyalar. 



  

10. Nima uchun P.Buagilber pulga qarshi edi? 

  

11. Qiymat tushunchasining talqini. 



  

12. Mo'l-ko'lchilik davrida ham qashshoqlik bo'lishi mumkinligi qanday isbotlanadi?



  

 21 / 21


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling