O‘zbekiston Respublikasida so‘ngi yillarda samarali soliq - byudjet siyosati natijasida davlat byudjet profitsit bilan yakunlamoqda.
|
1995 y
|
2000 y
|
2007 y
|
2008 y
|
2009 y
|
2010 y
|
Defitsit(-),
Profitsit (+)
|
-2,8%
|
-1,0%
|
+1,1%
|
+1,5%
|
+0,2%
|
-1,0%
|
5.1.1 - jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti taqchilligi va profitsiti dinamikasi
Davlat byudjetini profitsit yoki difetsit bo‘lishi uning shakllantirishiga bog‘liqdir. Ko‘plab mamlakatlarda shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham byudjet soliqlar hisobidan shakllantiriladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan samarali soliq siyosati natijasida yildan yilga soliq stavkalarining tushishi soliqtushimining umumiy miqdoriga ta’sir ko‘rsatmay ularning miqdorini oshishiga olib kelyapdi. CHunki soliq stavkasining tushishi soliqqqa tortiluvchilar sonining oshishiga olib kelyapdi.
2. “Davlat boshqaruv organlari” tushunchasiga izoh
“Davlat Moliya Organlari - bo‘yicha rahbariyati”ning boshidayoq davlat boshqaruv organlari funksiyalariga izoh beriladi: imtiyozli bozor xizmatlarni taklif qilish yo‘li bilan davlat siyosatini olib borish va daromadlarni, asosan, boshqa sektorga solingan soliq hisobidan qayta taqsimlash.
Davlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:
- huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo‘lgan markaziy hukumat;
- davlat hududining bir bo‘lagida markaziy hukumatga bog‘liq bo‘lmagan holda vakolatga ega bo‘lgan shtatlar, viloyatlar, xududlar hokimiyati;
- turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo‘lgan mahalliy boshqaruv organi;
- faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.
3. Davlat boshqaruv organlarining operatsiyalar hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |