6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish


Download 0.6 Mb.
bet18/29
Sana23.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1716881
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Metallarresiklingi6-bob

6.2.4. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish
Bunday eritishda eritish va mis poroshogi olish jarayonlarini bir apparatda-elektrolitik vanna, elektrolizerlarda olib boriladi. Moslama quyidagi qismlardan tuzilgan: korpus, anod korzina, qopqoq, katodlar, anod kontakt, anod shina, katod shina, izolyator. Izolyator - elektr toki va issiqlikni o‘tkazmaydigan modda va materiallardan tayyorlangan uskuna.
Po‘lat-mis bimetall chiqindilarini ammiak eritmasida qayta ishlash texnologiyasi ustida hozirgi kunda juda katta izlanishlar olib borilmoqdi va buning samarasida ushbu texnologiya takomillashdi. Bu jarayon silindrik elektrolizerda olib boriladi (6.13-rasm).



6.13-rasm. Bimetall chiqindilarni qayta ishlash uchun tajriba elektrolizeri: 1-korpus; 2-anod savat; 3-qopqoq; 4-katodlar; 5-anod kontakt; 6-anod shina (maxsus elektr o‘tkazgich); 7-katod shina; 8-izolyatorlar.

Po‘lat listlardan tayyorlangan va viniplast bilan qoplangan elektrolizer qoplamasi izolyatorlarga o‘rnatilgan. Chiviq shaklidagi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan anod savat quyidagi o‘lchamlarga ega:


- elektrolit yuklanadigan qismning balandligi, mm - 880;
- ichki diametr, mm - 1100;
- savat hajmi, kg - 300-350.
Savat anod shina (maxsus elektr o‘tkazgich) lardan oziqlanadigan uchta kontaktga ega. Elektrolizer korpusi va anod savat o‘rtasida 28 ta zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan katod plastinalar joylashgan. Katod o‘lchamlari quyidagicha:
- eni, mm - 100;
- uzunligi, mm - 1100;
- qalinligi, mm - 2.
- katodlarnig umumiy yuzasi, m2 - 3,08;
- ishchi yuzasi, m2 - 2,46.
Katod shina (maxsus elektr o‘tkazgich) lar bilan plastinalar tekis mis kontaktlari bilan biriktirilgan. Elektrolit yuqoridan elektrolizerning pastki silindrik qismidan chiqarib yuboriladi.
Bimetall chiqindilari anod savatga yuklangandan so‘ng ishqoriy eritma bilan turli xil moylardan tozalanadi va suv bilan yuviladi. So‘ngra savat elektrolizerga joylashtirilib, 25-350С haroratda va 570-810 A/m2 tok zichligida elektrolit eritmada elektroliz qilinadi. Elektrolit eritma ammiakdan, ammoniy sulfatdan va mis kuporosidan tayyorlanadi. Elektroliz natijasida mis kukuni hosil bo‘ladi va apparatning silindrik qismiga cho‘kadi. Hosil bo‘lgan mis kukuni pulpa (bo‘tana) shaklida vaqti-vaqti bilan elektrolizerdan chiqariladi, bo‘tana sentrifugalanishi natijasida suyuq va qattiq fazalarga ajratiladi.
Izlanishlar natijasida, po‘lat-mis bimetall chiqindilarini gidrometalurgik qayta ishlashning quyidagi optimal parametrlari aniqlanadi:

  1. elektolitdagi misning miqdori, g/l - 10-15;

  2. tokning katod zichligi, A/m2 - 600-700;

  3. elektrolizning davomiyligi, soat - 6-8.

Ushbu parametrlar jarayonning tok bo‘yicha chiqishini 75-77 % bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga elektr-energiyaning sarfi 4900-5500 kVtsoat/t ni tashkil qilib, kukun va chiqindilardan misni erish darajasi - 98,5-99,5 foiz bo‘ladi.
Mazkur yaratilgan texnologiyada po‘lat-latun bimetall chiqindilarini ham qayta ishlash mumkin. Bunda tok zichligi 350 A/m2 va elektrolitda mis va ruh konsentratsiyasi 1:1, 1:1,5 va 1:2 nisbatda bo‘lishi kerak. Bunda kukundagi ruh miqdori 0,4; 2,63 va 3,27 foizni (mis va ruhni nisbatiga bog‘liq holda) tashkil qiladi. Tok zichligini ortishi bilan, kukundagi ruh miqdori tezda ko‘payadi (10-20 foizgacha).
Bimetall chiqindilarni gidrometallurgik qayta ishlash mis va ruhni ajralish darajasini yuqoriligini ta’minlaydi.
Bir qancha horij korxonalarida bimetall chiqindi ammiakli eritmalarda tanlab eritilmoqda va misni ekstragentlar va gaz holatidagi vodorod yordamida selektiv ajratib olinmoqda. Birinchi usulda reekstraksiyalashdan so‘ng eritma elektroliz qilinadi va yuqori tozalikdagi katod mis olinadi. Ikkinchi usulda mis kukuni olinadi.
Tarkibida 20 foiz atrofida mis bo‘lgan elektrodvigatel chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi, bimetall chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasida unchalik ko‘p farq qilmaydi. Elektrodvigatel chiqindilari tarkibida organik laklarni va izolyasion materiallarni borligi, ularni gidrometallurgik qayta ishlashdan oldin oksidlantirmaydigan qizdirish (500-6000C) ni talab qiladi.
Bimetallardan mis kukunini ishlab chiqarishni texnologik sxemasi 6.14- rasmda keltirilgan.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling