6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Ikkilamchi qurg‘oshinni elektropechlarda


Download 0.6 Mb.
bet20/29
Sana23.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1716881
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Metallarresiklingi6-bob

Ikkilamchi qurg‘oshinni elektropechlarda
eritish
Elektropechlarda ikkilamchi akkumlyator chiqindisini qayta ishlashda progressiv jarayon xisoblanadi bu pechda xam shixta ma’lum miqdorda flyuslar bilan birgalikda solinib toki chiqindilar tarkibidan qurg‘oshinni tiklash jarayonigacha olib boriladi. Qushiladigan flyuslar (pirit kuyindisi kvars va oxaktosh) eritilgan chiqindilarni kovushqoqligini xamda suyuq oquvchanligini oshiradi. Elektro pechlar xam tug‘ri burchakli yoki aylana shaklida bo’ladi. Grafitli elektrodlar 200-600 mm likda bulib bu elektrodlar pechni quvvatini oshirishga yordam beradi.
Elektropechlarda shixta, akkumlyator chiqindisi -100%, koks – 4%, oxaktosh – 4%, temir qirindisi – 8% olinadigan xomaki qurgoshin – 88 - 95 mis – 0,5% dan 3%, surma - 3% dan 6 % va 0,01% dan 0,25% qalay, shteynda esa 9% dan 20% qurgoshin, 1% dan 3% surma va 5% dan 10% mis utadi. Chang tarkibida esa 60% qurg‘oshin va 6% gacha surma bo’ladi.
6.4. Tarkibida nikel va kobalt bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlash.
Nikel tarkibli chiqindilar A-bulak lom va chiqindilar, B-kirkim va G-boshqa chiqindilarga sinflanadi. A va B sinfi 5 ta guruxga; 1gurux-toza nikel va yarim fabrikatlar, 2-4gurux-qotishmalar bundan tashqari mis-nikelli va 5gurux-past sifatli temir-tersak va chiqindilar (25% i nikel mis va kobalt metallari) bo‘linadi.
Kobalt tarkibli ikkilamchi temir-tersak va chiqindilar 2 sinfga ya’ni A va B-poroshoksimon (sinflanmagan, guruxga bo‘linmagan) chiqindilar kiradi.
Ikkilamchi meallurgik xomashyolarga ya’ni nikel qayta ishlash korxonalariga qo‘yidagi tarkibli: nikel tarkibli rangli metallar, mis-nikelli, mis-nikel-kobaltli, nikel-kobaltli, kobalt va o‘ta ligerlangan po‘latlarga bo‘linadi. Nikel tarkibli xomashyolar umumiy asosiy miqdor bo‘yicha rangli metall va qotishmalari tarkibida uchraydi.
Metallurgik korxonalarda bulaklangan nikelli temir-tersak va chiqindilarni qo‘yidagilari qayta ishlanadi: rotorlar, yonish kameralari, turbali lopatkalar, anodlar, skrap, magnitlar, shlaklar, temir-nikelli akkumlyatorlar, ligerlangan po‘lat va uni qotishmasi bolvankalaridir.
Metallurgik korxonalarda xomashyoning ko‘p miqdori sochiluvchan va xar xil pulat va qotishmalarning urama xoldagi qirqimlari tashkil qiladi. Nikel bilan kobaltni kimyoviy birikmalariga: shlamlar, kuyindilar, chang va poroshoksimon chiqindilar kiradi. Qayta ishlashda shlam (loyqa) va pasta ( siqma) tarkibidaga namlikni kuritish talab qilinadi.
Akkumlyator lomlar tarkibi 55-65% gacha temirdan (pulat korpus, plastin va gidrooksid) iborat. Xrom, volfram va molibdendan tashqari shuncha foiz miqdorda ligerlangan pulat temir-tersak va chiqindilari tarkibida, mis-nikelli qotishmalar t/tersaklar tarkibida marganets va 10 ga yaqin element qushimchalar: kremniy magniy kurg‘oshin vismut va boshk. xam uchraydi.
Mexanik temir miqdori esa po‘latni ayrim qismlarini tozalash (silliqlash), kesish jarayonida poroshoksimon kurinishdagi chang tarkibida undan tashqari shlak, shlam, pasta, shlak tarkibidagi kremniy, magniy va alyuminiy oksidalari tarkibida uchraydi.
Yirik bulakli temir- tersak va chiqindilar (rotorlar, yonish kameralari, turbali lopatkalar) olovli qirqishlarga, kichik yirikli temir- tersak va chiqindilar mexanik qirqish yoki gidravlik qaychilada kesiladi, qirqimli chiqindilar va uramli chiqindilar paketlanadi, sochiluvchan strushkalar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektropechlarda qayta ishlanadi.
Temir-nikelli akkumlyatorlarni qayta ishlash bir qancha qiyinchiliklar va og‘ir mexnatni talab qiladi. Sababi ularni temirdan nikelli ajratib olish ularga birinchi ishlov berish, ajratish, sinflash va xakozolar. Bundan tashqari ikkilamchi temir-tersak va chiqindilarni tarkibi mis, nikel va kobaltdan iborat birikmali xomashyolar faqat nikel qayta ishlash korxonalarida qayta ishlanadi, bular faqat metallarning kam miqdorligida emas balki shu metallarning turli xil kimyoviy tarkibdan tashkil topganligi xamda nikel va kobaltni qayta ishlash texnologiyasining qiyinligidadir (6.16.(a,b)-rasm).

(a) (b)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling