6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash
(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti
Download 0.6 Mb.
|
Metallarresiklingi6-bob
6.18.(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti
Tarkibida kumush bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom ashyolar kiradi. 1. Kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator, hamda kumush-magniyli elementlarni temir-tersak va chiqindilari; 2. Elektr kontaktlarni temir-tersak va chiqindilari; 3. Kukunli metallurgiya usulida olingan, tarkibida kumush bo‘lgan buyumlarni (metall-keramika kontaktlar) temir-tersak va chiqindilari; 4. Tarkibida 70-80 foizgacha kumush bo‘lgan, ishlatilgan kumush katalizatorlar; 5. Tarkibida 0,5-20 foiz kumush bo‘lgan, kumushga to‘yintirilgan, ishlatilgan materiallar (pemza (metallurgik shlaklarni tez sovitish yo‘li bilan olingan g‘ovak ashyo), kvarsli qum, changlar, upa (pudra) lar, matolar, paxta va boshqalar); 6. Eritmalardan va kumushlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan alyuminiy yoki rux bilan sementasiyalab ajratib olishda hosil bo‘ladigan metallik kumush shlamlari (kumush miqdori 2 dan 9 foizgacha); 7. Kumush bilan qoplangan metall (temir, po‘lat, volfram, molibden, rangli metallar qotishmalari) va nometall (oyna, plastmassalar, keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari; 8. Metallarning va nometallarning kukunlari (kumush miqdori 10-99,9 %); 9. Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan tarkibida kumush bo‘lgan chiqindilar (kumush miqdori 60 foizgacha) hamda ushbu chiqindilardan eritib olingan quymalar; 10. Tarkibida metall kumush bo‘lgan foto chiqindilarni kuydirishdan hosil bo‘lgan kullar; 11. Tarkibida metallik (kolloid) kumush bo‘lgan, ishlatilgan va muddatini o‘tagan kino va fotomateriallar; 12. Fiksaj eritmalardan (tarkibida 30-50 % Ag) metallarni ajratib olishda hosil bo‘ladigan kumush sulfidlari (ayrim hollarda metall kumush bilan aralashgan birikmalar); 13. Kinoplyonka va fotoqog‘oz fabrikalarining kumushni regenerasiyalash sexlarida olinadigan kumush bromid, kumush radonit va kumush xlorid cho‘kmalari. Bu cho‘kmalar tarkibida 35-50 % Ag bo‘ladi. Qoida bo‘yicha barcha tarkibida platina bo‘lgan xom ashyolar affinaj va metallurgik korxonalarda qayta ishlanadi. Affinaj zavodlari xom ashyolariga quyidagilar kiradi: 1. Platina, nodir va rangli metallar qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarning temir tersaklari; 2. Platina va palladiy miqdori 10-15 foizdan kam bo‘lmagan ishlatilgan platinali va palladiyli katalizatorlar; 3. Nodir metallar singigan futerovka va gaz chiqish tuynuk siniqlari (0,7-2,0 % Ag va 0,3-0,5 foizgacha Au va platina guruhi metallari); bu materiallar tarkibiga shamot, magnizit, kvars va boshqalar kiradi. (a) (b) Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling