Tarkibida oltin bo‘lgan sochiluvchan chiqindilarni tozalash.
Zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar (xom ashyo) tahlil uchun namuna olingandan so‘ng, oltinni eritmaga o‘tkazish uchun reaktorlarga solinadi. Xom ashyoni sochilib ketishini oldini olish uchun distillangan suv bilan namlanilib azot va sulshfat kislotalarining 1:5 miqdordagi aralashmasi yordamida 3-4 soat 80-1000 C da eritiladi. Eritish jarayoni tugagach eritma filtrlanadi. Filtrlangan oltin tarkibli eritma gidrazin (N2H4-HC1) eritimasi yordamida cho‘ktiriladi. Teskari jarayon ketmasligi, eritmaning kislotaligini kamaytirish va eritma tarkibidan azot kislotasini yo‘qotish uchun gidrazin eritmasiga mis kukuni qo‘shiladi:
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2↑+ 2H2O
Cho‘ktirish va tindirish jarayoni 5 soat davomida olib boriladi, so‘ngra pulpa filtrlanadi. Cho‘kma issiq suvda 3-4 marta chayilib elektr pechlarida 100-300 °C da quritiladi va induksion pechlarda eritish uchun jo‘natiladi. Olingan metall quymasi affinaj jarayoniga, shlak esa mis eritish zavodiga yuboriladi.
6.22-rasm. Kukunsimon materiallarni qayta ishlashning texnologik sxemasi
Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan yasalgan va oltin suvi yugurtirilgan buyumlarni qayta ishlash.
Radiotexnika va elektronika sanoatida rangli metallardan, ularning qotishmalaridan yasalgan va oltin suvi yugurtirilgan buyumlarning chiqin-dilari hosil bo‘ladi.
Bunday chiqindilarni qayta ishlashning istiqbolli yunalishlaridan biri bu, tanlab eritishdir. Oltin suvi yugurtirilgan buyumlarning asosiga ta’sir qilmaydigan erituvchilar sifatida tiomochevina, ammoniy rodanit eritmalaridan yoki kaliy yodidning suvli eritmasidan foydalanish mumkin. Kaliy yodidning suvli eritmasida oltinnig kaliyli kompleks birikmasi K[AuJ] yoki K[AuJ2] hosil bo‘ladi. Oltinni ajratib olish uchun tarkibida 180-250 g/l KJ yoki 200 g/l J2 bo‘lgan eritmaga elektrokimyoviy ishlov beriladi.
Au+ + ē → Au ; J2 + 2ē → 2J ;
2H+ + ē → H2 ; 2J - 2ē → J2
2OH¯ - 2ē → 1/2O2 + H2O
Elektrolitik usul bilan oltinni ajratib olish 2-3 soat davomida 4-5 V kuchlanishli, 20-30 A/m2 da olib boriladi. 1 gr oltin olish uchun 0.2-0.4 kVt/soat elektr energiyasi sarflanadi. Oltinni ajratib olish 99-99,8 % gacha etadi. Oltinsizlantirilgan chiqindilar rangli metall olishga, filtrlangan oltinli shlam eritishga yuboriladi, tindirilgan katolit eritmasi esa elektroli jarayoniga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |