6-dars. Eshitish va gapirish


Download 14.84 Kb.
bet1/2
Sana21.10.2023
Hajmi14.84 Kb.
#1714981
  1   2
Bog'liq
6-dars eshitish va gapirish


6-dars.Eshitish va gapirish
Eshitish sezgisiga kelayotgan signallami xotirada qoliplangan andazaga solishtirish mexanizmi. Solishtirish shaxsning avvalgi tajribasiga, uning sezgi va hissiyotiga qarab to‘g‘rinoto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tinglovchi tajribasi deganda, eshitish va nutqharakat sezgilari miyada hosil qilgan iz tushuniladi. Solishtirish oqibatida tanib olishga muvaffaq bo‘linadi. Eshituvdan qolgan iz mustahkam bo‘lsa, tanib olish mexanizmi (solishtirish va bilib olish mexanizmi deyilgani afzalroq) faolroq amal qiladi.
Eshitilayotgan hodisaning to‘liq aksi miyada saqlanmaydi yoki tiklanmaydi, uning izi tushadi, xolos. Navbatdagi mexanizmning nomi antisipatsiya deb ataladi. Soddaroq qilib, oldindan fahmlash deyish ma’qul. Bu mexanizm ishga tushganda, audiomatnning tuzilishi (jumlalar yoki so‘zlar shakli)ni yoki uning mazmunini oldindan bilib olish imkoniyati yaratiladi. Yana bir mexanizm audiomatnni mantiqan tushunish deyiladi. Miya faoliyatining analitik-sintetik amali asosida va boshqa imkoniyatlar doirasida anglash, ya’ni mantiqan tushunish ro‘y beradi.
Gapirish, nutq faoliyatining turi sifatida, og‘zaki fikr bayon etish demakdir. Bu — jarayonni bildiruvchi ta’rifdir. Gapirishning psixologik mazmuniga kelganda, uning hosilasi tarzida ,,fikr“ (mulohaza) ifodalanishini qayd etish zarur. (Mazkur termin inglizcha utterance, ispancha enunciado, nemischa Aussage, fransuzcha ёпопсё, ruscha высказывание deb yuritiladi). Soddaroq qilib, ,,gapirish“ metodik tushunchasi qamroviga (1) fikr bayon etish jarayoni, (2) aytish, (3) og‘- zaki muloqot, (4) fikr izhori natijasini kiritish mumkin. Gapirish oqibatida fikr aytiladi, ushbu fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo‘ladi. Savolga berilgan qisqa javob ham, butun bir monolog ham „fikfi bayoni“ hisoblanadi. Chet til o‘qitishda yaqin paytlargacha ,,gapirish“ o‘mida ,,og‘zaki nutq“, hatto ,,nutq“ terminlari qo‘llanib kelardi (,,nutq“ tilshunoslik lug‘atlarida inglizcha speech, discourse, ispancha habla, discurso, nemischa Rede, Sprechen, fransuzcha parole, discours, ruscha речь so‘zlari orqali ifodalanadi).
Ona tilida hozir ham „nutqni o‘stirish“ deyiladi. Chet til o‘qitish ruhshunoslarining nazariy umumlashmalariga ko'ra1 nutq muloqot jarayoni emas, gapirish ham emas, nutq — gapirish yanglig1 faoliyat chog‘ida fikrning, ro‘yobga chiqish va ifoda qilish usulidir. Gapirish — biror fikrni izhor etish maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini qo‘llashdan iborat. Awal o‘yla, keyin so‘yla, deyilishi bejiz emas. ,,O‘yla“ qismida fikr paydo bo‘lishi, ,,so‘yla“da esa uni nutqharakat sezgisi/analizatori orqali „bayon etish“ tomonlari nazarda tutiladi. Birinchisi — til materialining qo‘llanilishidir, ular leksik, grammatik, talaffuz ko‘nikmalari deyiladi, ikkinchisi — fikr aytish jihati — gapirish malakasi nomi bilan yuritiladi. O‘quvchilarga chet tilda gapirishni o‘rgatish oraliq amaliy maqsad sanaladi, ya’ni ta’limning dastlabki bir necha (taxminan, uch) yili davomida ular gapirish va tinglab tushunishni (og‘zaki nutqni) o‘rganishadi, o‘qish va yozuv (yozma nutq) o‘qitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sinflarda o‘qish va tinglab tushunish (retseptiv nutq) maqsad maqomini egallaganida, gapirish o‘qitish vositasiga aylanadi. Demak, gapirish uch vazifani o‘taydi: aloqa vositasi, o‘qitish vositasi va o‘qitishning amaliy maqsadi (tinglab tushunish va o‘qish ham yuqori sinflarda shunday mavqega egadir.
Yozuv esa maqsad emas, faqat vosita vazifasini bajaradi). Chet tilda gapirishga oid ko‘p sonli ilmiy terminlar metodika fanida keng istifoda qilinadi. Ularning muxtasar uslubiy tahlili darkordir. Gapirishning g‘oyat mukammal darajada bo‘lishi ,,spontan“ (o‘z-o‘zidan beixtiyor sodir bo‘ladigan) nutq nomini olgan.
Nutqiy matnning biror parchasini aniq tushunmagan holda aytish assotsiativ, stoxaslik yoki fikrsiz nutq tarzida namoyon bo‘ladi. Afsuski, pedagogik amaliyotda u ko‘p uchraydi. Eski metodik adabiyotlarda ,,tayyorlangan/tayyorlanmagan“ nutq termini uchraydi. Tayyorlanmagan nutq so‘zlanganda, u ekspromt (badiha) shaklida sodir etiladi, ya’ni u oldindan rejalashtirilmagan nutq vaziyati yoki mavzusiga ko‘ra gapirishdir. Oddiyroq qilib aytilganda, tayyorlanmagan nutq yuritishda, vaqt e’tibori bilan awaldan hozirlik ko‘rilmaganligi ta’kidlanadi. Tayyorlangan termini orqali nutq vaziyati, mavzusi yuzasidan muayyan til materiali asosida oldin mashq qilingan fikr bayon etish usulini tushunamiz.

Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling