6-Foydalangan adabiyotlari


Download 188.29 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2023
Hajmi188.29 Kb.
#1080258
  1   2   3   4   5
Bog'liq
aBROR


Mundareja
1-Kirish
2-
3-
4-
5-Xulosa
6-Foydalangan adabiyotlari

Kirish
Jamiyat ishlab chikarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan bir vaqtda chizmalarni rasmiylashtirishi va ularning mazmuni o’zgarib borgan.


Masalan turli buyumlarni tasvirlash, ya’ni rasm chizish paydo bo’lishidan oldinrok vujudga kelgan, keyinchalik uy-joylar, qal’alar va bosh,qa inshoatlar qurishda “illanlar» deb ataluvchi dastlabki chizmalar paydo bo’la boshladi. Bu chizmalar odatda o’z kattaligida inshoat quriladigan joyning o’zida bevosita yer yuzasiga chizilar edi. Bunday chizmalarni chizish uchun dastlabki chizma asboblar-yog’och sirkul-o’lchagich va arqondan ishlangan to’g’ri burchakli uchburchaklik yaratilgan.
Keyinchalik bunday plan-chizmalar, pergament, yog’och va matolarga kichraytirilgan holda chiziladigan bo’lgan.
Chizmalarda buyumlarning shaklini, o’lchamlarini ko’rsatishga harakat qilganlar.
O’zbekiston tarixida ham binolar qurish bo’yicha ko’pgina mohir ustalar bo’lgan. Bu ustalar geometrik shakllarini juda yaxshi tasavvur qila olganlar va turli texnikaviy masalalarni yechishning eng yaxshi usulini tanlay bilganlar, buni bizgacha saqlanib kelayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshknt shaharlaridagi tarixiy obidalarda,inshoatlarda qurishimiz mumkin. XVI-asrning ikkinchi yarmi va XVII-asrning boshlarida metll ishlash zavodlarida buyumlarni chizmalari bo’yicha emas, balki model-namunalari bo’yicha yasaganlar.XVII-asr oxirlarida namunalar o’rniga chizmalarni qo’llay boshladilar. Bu chizmalar Aniq masshtabga rioya qilinmagan holda chizilgan, ammo ularga buyumli o’lchamlari qo’yila boshlangan.
XVIII-asrning boshlarida kemasozlikning jadal rivojlanishi natijasida qat’iy masshtabda chizilgan aniq chizmalar zarur bo’lib qoldi. 1685-1750 yillarda chizilgan chizmalar birmuncha mukammalroq edi. Bu chizmalarda 3 tasvir qullanilgan bo’lib, ularda kamolarning 3 ta o’lchami; uzunligi, eni va balandligini ko’rsatish mumkin bo’lgan.
1798 yilda fransuz ishchilari Gaspar Monj uzining Chizma geometriya asarini nashr etdi, bu asar proyeksion chizmachilikka asos soldi.
Gaspar Monjning buyumlarni o’zaro perpendikulyar ikki tekislikka to’g’ri burchakli proyeksiyalash usuli zamonaviy chizmalar tuzishdi katta qulaylik yaratdi.
XVIII-asrga kelib chizmalar juda puxtalik bilan ustidan rangli tushni yurguzib bajarilgan. Bu chizmalarda qirqishlar buyumning materialiga qarab turli ranglarga bo’yab tasvirlangan.
XIX-asrga kelib fan va texnikaviy rivojlanishi chizmalarga bo’lgan talab va ehtiyojni oshirib yubordi. Bu davrda hozirgi chizmalariga asos yaratildi, ularga qo’yiladigan talablar shakllana bordi.
XX-asrga kelib yer ustki koslik va elektron hisoblash texnikaning gurkirab rivojlanishi, korxonalar davlatlar o’rtasida mol ayrboshlashning kengayishi chizmalarga qo’yiladigan talablarni unifikatsiyalashga qaratilgan davlat, davlatlararo va halqaro standartlar yaratishga olib keldi.
Hozirgi vaqtda barcha soxalarning chizmalari davlat yoki standart talablariga qat’iy amal qilingan holda bajariladi. Shuning uchun chizmani, xamma uchun tushinarli bo’lgan-internatsional til deb biladilar.

Download 188.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling