6-laboratoriya ishi bir fazali to‘G‘rilаgichning boshqariladigan sxemasini tadqiq qilish
Download 29.26 Kb.
|
6-лабаратория иши
6-LABORATORIYA ISHIBIR FAZALI TO‘G‘RILАGICHNING BOSHQARILADIGAN SXEMASINI TADQIQ QILISHIshdаn mаqsаd. Bir fazali bir va ikki yarim davrli to‘g‘rilаgichning boshqariladigan tiristorli sxemasining ishlshi bilan tanishish hamda tiristorni boshqarish burchagi va uni rostlash haqida nazariy ko‘nikmaga ega bo‘lish. Ishni bajarish tartibi: Laboratoriya stendining yo‘riqnomasi bilan tanishish. O‘qituvchi tavsiya etgan adabiyotlardan nazariy materiallar bilan tanishib chiqing. Modulning quvvatlash tumblerlari “o‘chirilgan” (ВЫКЛ) holatdaligini va barcha tugmachalarning eng chap (minimal) holatida ekanligiga ishonch hosil qiling. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan, joriy topshiriqni bajarish uchun stend modullarini tanlang. Tajriba o‘tkazish qulay bo‘lishi uchun ularni laboratoriya stendining tirqishiga joylashtiring. Stendning komplektiga kiruvchi ulash simlarini tayyorlang va stendni yerga ulanganligi tekshiriladi. Stend modullarini ulanish sxemasiga muvofiq ulang. Tajriba o‘tkazing. Stend energiya quvvatini o‘chiring. Laboratoriya ishi yuzasidan hisobot tuzing. Tajriba o‘tkazish tartibi Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan qurilmalar: “Energiya manbasi” bloki, “Bir fazali transformator”, “O‘lchash asboblari” bloki, “Ossilograf”. “Diodlar, Rezistorlar, Kondensatorlar” bloki, (rezistorlar 5 kOm, 100 Оm; kondensator 2,2 mkF; tiristor КУ101) Yig‘iladigan elektr struktura sxemasi – 14.1-rasm bilan tanishib chiqing. Bu yerda R1 =10 kOm, R2=100 Оm, С1=2,2 mkF, VS1 – КУ101. 6.1-rasmdagi sxemani yig‘ing. Pasaytiruvchi transformator sifatida « В»li «Energiya manbasi»dan foydalaning. 6.1-rasm. Tajriba o‘tkazish uchun elektr struktura sxemasi. O‘qituvchiga yigilgan sxemani tekshirish uchun ko‘rsating. Modulnlng « В»li «Energiya manbasi»ni ulang. Ossilograf orqali tiristorning boshqarish kirish signali (kanal-1) orqali amplitudasi va impuls uzunligini aniqlang. Yuklamadagi kuchlanishning qiymatini (kanal-2) orqali aniqlang. O‘zgaruvchan rezistor R1ni rostlab, boshqarish burchagini to‘g‘rilang. Tiristorni boshqarish burchagi =90° uchun, ossilograf orqali Um, Uн.cp, fc larni o‘lchab, olingan natijalarni 14.1-jadvalga kiriting. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, yangi boshqarish burchagi =45o uchun Uн.cp =f(Iн.сp), P = const holatining yuklama tokining chiqish xarakteristikasini qurung. Olingan natijalarni 6.1-jadvalga kiriting. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, yuklama tokining Uн.cp=f( ), Rн=const. holati uchun, R1 qarshilikni o‘zgartirib, chiqish xarakteristikasini quring va aniqlang. Olingan natijalarni 6.1-jadvalga kiriting. 6.1-jadval
Uн.cp = f(Iн.cp), Uн.cp=f( ) xarakteristikalarini quring, so‘ng olingan natijalarni tahlil qiling. Download 29.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling