Laboratoriya qurilmasining bayoni
Laboratoriya qurilmasi virtual stendlar ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ularda bosimni xar xil o’lchash usullari anematsiya ko’rinishida virtual ravishda ko’rsatilgan. Hususan, suyuqlikli va deformatsion (trubasimon prujinali, silfonli va membranali) manometrlar.
Laboratoriya ishini bajarish usuli va tartibi
1. Suyuqlikli manometrlarning ishlashini o’rganish
Kompyuterda suyuqlikli manometrlar virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, suyuqlikli manometrlar ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
2. Deformatsion manometrlarning ishlashini o’rganish
Kompyuterda deformatsion manometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, deformatsion manometrlar (trubasimon, silfonli va membranali) ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
Hisobotni tayyorlash
Hisobot virtual stendlarni ko’rib, o’rganish natijasida o’lchov asboblarining chizmalari va ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
Qanday sezgir elementlarni bilasiz?
Egiluvchan membranali sezgir elementlar?
Difmanometr nima?
Yuk porshenli manometr?
Suyuqlik manometrlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |