_Properties –
Свойства –
xususiyat
buyrug‘i LM bilan yuklanadi. Undan so‘ng
«Свойства» muloqatlar oynasi ochiladi. Mazkur oynani ekranning istalgan joyiga surib
qo‘yish mumkin. Ushbu
tugma «Стандартная» panelida joylashgan.
16. Bo‘sh
kursor bilan chizmadagi to‘rttala
осевая2
– shtrix – punktir chiziq ketma – ket
LM yordamida belgilab chiqiladi. Undan so‘ng «Свойства» muloqatlar oynasidagi
Масштаб типа линий
sozi LM bilan belgilanadi. Uning o‘ng tomonida joylashgan «
1
»
raqam o‘chirilib, uning o‘rniga klaviatura orqali
0.5
raqam terib kiritiladi va Enter tugma
bosiladi. Mazkur muloqatlar oynasining ushbu tugmasi LM bilan belglanadi va oyna
yopiladi. Esc tugma bosiladi.
Eslatma.
Agar, «Свойства» muloqatlar oynasi ochiq holatda bo‘lsa, uning ushbu
ob’yektni tanlash tugmasi LM bilan belgilanib, so‘ng, chizma maydonidagi
tahrirlanadigan ob’yekt kvadrat nishoncha yordamida LM bilan belgilanadi va Enter
tugma bosiladi. Undan so‘ng, «Свойства» muloqatlar oynasida tanlangan ob’yektning
xususiyatlari tahrirlanadi yoki ob’yektning parametrlari haqida ma’lumotlar olish
mumkin.
Takrorlash uchun savollar.
1. Ob’yektning xususiyatlariga nimalar kiradi?
2. Ob’yektning xususiyatlari paneli nimalardan iborat?
3. Chiziq turlaridan «Осевая2» - shtrix-punktir va «Невидимая2» - shtrix chiziq
qanday o‘rnatiladi?
4. «Загрузка/перезагрузка типов линий» - chiziq turini yuklash/qayta yuklash
muloqatlar oynasidan foydalanib qanday chiziq turlarini o‘rnatish mumkin?
5. Uzunligi 150mm bo‘lgan, gorizontal chiziqning rangi qizil, chiziq turi – uzluksiz va
uning qalinligi 0,90mm qilib chizish bosqichlarini yozing!