6-Laboratoriya ishi. Tirsakli vallarni ta’mir o‘lchamlariga tiklash
Download 164.77 Kb. Pdf ko'rish
|
6 (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-Laboratoriya ishi.
6-Laboratoriya ishi. Tirsakli vallarni ta’mir o‘lchamlariga tiklash Ishdan maqsad. Tirsakli vallarning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarga tiklash texnologik jarayonni loyhalash va uni muayan ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Ishning mazmuni. Ushbu laboratoriya ishi ikki qismdan tashkil topib uning birinchi qismida tirsakli valning tiklash texnologik jarayoni ishlab chiqiladi va ikkinchi qismida esa ushbu jarayon ARZ-14 korxona sharoitida amalga oshiriladi. Ishning bajarish tartibi. 1. Tirsakli vallarning ta’mir o‘lchamlariga tiklash uslubining texnologik xususiyatlari bilan tanishing va uning texnologik jarayoning tarkibini aniqlang. 2. Tiklanilayotgan tirsakli vallning o‘zak va shatun bo‘yinlarining ta’mir o‘lcham kategoriyalarini aniqlang (1- laboratoriya ishning natijasi). 3. Umumiy va operatsion oro ishlov quyimlarni xisoblang. 4. Trisakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlariga tiklash texnologik jarayonni loyihalang. Buning uchun: - ishchi chizma va nuxson xaritasidan tiklanilayotgan trisakli val uchun texnologik talablarni aniqlang; - texnologik jihoz, moslama va kesuvchi, xamda o‘lchash instrumentlarni tanlang; - texnologik jarayon operatsiyalaridagi o‘tishlar soni, ularning mazmuni va bajarish tartibini aniqlang; - siliqlash rejimini belgilang. a) siliqlash toshning aylanma tezligini aniqlang 60 * 1000 КР КР КР n d V = bu erda: d – toshning diametri, mm n KR – toshning aylanma chastotasi, min -1 b) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha toshning aylanma tezligiga aniqlik kiriting va uning qiymatini belgilang – V KR.F m/min v) detalning aylanish tezligini xisoblang. 60 * 1000 g g g n d V = bu erda: d g – tirsakli val bo‘yin diametri, mm n g – detalning aylanish chastotasi min -1 g) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha detlning aylanish tezligiga aniqlik kiriting va uning qiymatini belgilang – V g m/min d) meyorlangan ko‘ndalang uzatmani - S, mm/ob aniqlang e) bo‘ylama daqiqa uzatmani xisoblang g m n S S * = j) bo‘yinlarni siliqlash mashina vaqtini xisoblang t S n k a h t g M * * * * = -tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini siliqlash operatsion xaritasiga undagi o‘tishlarining mazmuni, dastgoh, moslama, instrumentlar, ishlov yuza o‘lcham va siliqlash rejimi ko‘rsatkichlari va ularning son qiymatlarini yozib chiqing. 5. ARZ-14 korxonasi sharoitida ishlab chiqilgan texnologik jarayon asosida tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘rnatilgan ta’mir o‘lcham kategoriyalari bo‘yicha siliqlang. Buning uchun: - siliqlash dastgohini tuzilishi, uning ishlatish va boshqarish, hamda ushbu dastgohda ishlash uchun kerakli bo‘lgan xafsizlik qoidalarni chuqur o‘rganib chiqing - tirsakli valning tayanch yuzalari bo‘yicha dastgox moslamasiga o‘rnatib uni qotiring - dastgohni yoqing va tirsakli valning o‘zak xamda shatun bo‘yinlariga ketma ket belgilangan tartibda ta’mir o‘lchamlar bo‘yicha siliqlash ishlovini bering - dastgohni o‘chiring va moslamadan tirsakli valni bo‘shatib oling - tirsakli valning ishlov berilgan o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘lchang (2-lab ishiga qarang), shakl xatoliklarini xisoblang va ushbu o‘lchov, hamda xisob natijalarini chizmada ko‘rsatilgan talablar bilan solishtirib ishlov sifati bo‘yicha xulosa bering. Hisobot shakli 6-Laboratoriya ishi. Tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlariga tiklash. 1. Texnologik jarayonning tarkibi, o‘tishlarning mazmuni va ularning bajarilish ketma ketligi. 2. Ta’mir o‘lcham kategoriyasi. 3. O‘zak va shatun bo‘yinlariga berilayotgan ishlov quyimlari. 4. Texnologik jihoz va uskunalar. 5. Tirsakli valni o‘zak va shatun bo‘yinlarini siliqlash operatsion xaritalari. 6. Siliqlangan o‘zak va shatun bo‘yin sirtlarining tasnifi. 7. Xulosa. Download 164.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling