6-laboratoriya mashg‘uloti. MS Excel dasturida muhandislik
masalalarini yechish.
Ishning maqsadi: MS Excel dasturi yordamida muhandislik masalalarini yechish o’rganish.
Nazariy qism:
Excel elektron jadvalida ma‘lumotlar bazasi bilan ishlashda jadvallar bir nechta ishchi listlar
ko’rinishida tashkil etiladi. Bunday xollarda jadvallardagi axborotni bog’lanishi talab etiladi.
Chunki jadvallardagi berilgan axborotlarni o’zgartirish talab etilganda ma‘lumotlar
bazasidagi
barcha axborotlarni o’zgartirib chiqish qiyin. Agar jadvallardagi axborotlar o’zaro bog’langan
bo’lsa faqat boshlang’ich ma‘lumotlar o’zgartiriladi, qolgan barcha ma‘lumotlar shu boshlang’ich
ma‘lumotga nisbatan avtomatik o’zgaradi.
1. Ishchi fayllarni tashkil etish printsiplari.
Excel elektron jadvalida hisob ishlarini unumli tashkil etish uchun
oldindan ishchi listlar
maketi tuzib chiqiladi (listlar soni,
nomlanishi,
joylashish ketma-ketligi,
ularning taxminiy
tuzilishi, grafika va diagrammalarni joylashishi va shu kabi boshqalar).
Jadvallardagi ma‘lumotlar bir –biri bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Hisob ishlaridan
foydalanilayotgan ma‘lumotlar ikki xil kategoriyaga bo’linadi:
boshlang’ich ma‘lumotlar va
hisob
natijalari.
Boshlang’ich ma‘lumotlar foydalanuvchi tomonidan tayyorlaniladi va jadvalga kiritiladi.
Hisob natijalari boshlang’ich malumotlarga asosan ma‘lum bir algoritm asosida kompyuter
orqali hsoblanadi.
2. Ishchi faylni shakllantirish.
Excel elektron jadvalida bitta fayl bir nechta ishchi listlardan tashkil topshi mumkin. Bu
listlarni quyilgan masalga bog’liq holda nomlab olish maqsadga muvofiq. Jadvaldagi ma‘lumotlar
va bajariladigan ishning mazmunidan kelib chiqib listlar nomlanadi.
Quyida, mebellar bilan savdo qilishga mo’ljallangan salonga
tegishli axborotlarni qayta
ishlash misolida hisob ishlarini avtomatlashtirishni ko’rib chiqamiz.