6. Lipidlarning xazm bo`lish mexanizmi


Download 28.94 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi28.94 Kb.
#1023175
1   2   3   4
Vitamin e. Vitamin e bir-biridan xushbo’y yadrosidagi metii guruhlari soni va joylashishi bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari α-, β-s γ-, δ-tokoferollardir. α -tokoferol eng yuqori faollikka ega. Vitamin e sariq rangli, moy ko’rinishiga ega, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kislota, ishqorlar va qizdirishning ta'siriga chidamli, lekin oksidlovchilar ta'siriga chidamsiz. SHu bilan birga o’avo kislorodi va ultrabinafsha nurlarga ham chidamsiz.Tokoferollar faqat o’simliklaRNKmg yashil qismida, ayniqsa boshoqlilarning maysalarida hosil bo’ladi. Ular o’simlik moylarida ko’p bo’ladilar. Hayvon mahsulotlarida tokoferollar kam. Odam va hayvonlarda tokoferollar ingichka ichakda oddiy diffuziya yo’li bilan shriladi. Ovqatda yog'lar bo’lganda va o’t kislotalari ishtirokida, iste'mol qilingan tokoferollarning 50% shriladi. α -tokoferol yaxshi shriladi.
Tokoferollar a'zo va to’qimalarga Lipoproteidlar tarkibida tashiladi.
Hujayra ichidagi vitamin e faqatgina biomembranalar bilan bog'langan xolda ularning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi.
U membranalarning lipidlari va Lipoprotein tabiatli retseptorlariga bog'langan holatda bo’ladi. Bu esa A. A. ‘okrovskiyni vitamin e ni biomembranalar minor tarkibiy qismlari qatoriga kiritishiga asos bo’ldi. Vitamin e ni boshqa yog'da eruvchi viiaminlar bilan birgalikdagi asosiy vazifasi -organizmning a'zo va sistemalari hujayralari membranalarining tarkibi va funktsiyalarini boshqarishdir. Bu boshqarish uning kuchli hujayra ichi antioksidantlik faoliyatiga bog'liq bo’Iib, fosfolipidlar to’yinmagan yog' kislotalarini peroksidlanishdan saqlab, ularni tarkibini barqarorlashtirgan xolda amalga oshiriladi. peroksidlanish mahsulotlari sog'lom odamlarda biologik membranalar ikki qavatini modifikatsiyalash biian bog'liq muhim fiziologik vazifani bajaradi. Qator patalogik holatlarda esa ularning miqdori oshib, hujayra tarkibiy qismlari shikastlanishi va hujayra o’limiga olib keladi. e avitaminoz esa biologik membranalar barqarorligi va vazifalari buzilishidir. Bunda membranalar fosfolipidlari va struktura oqsillarining sifat va miqdor tarkibi, shuningdek lipidlar peroksidlanish mahsulotlari miqdori ham o’zgaradi. Bu holat e avitaminozda, eritrotsitlar membranasida yaqqol ko’zga tashlanib, shu vitaminning kamayish darajasi bilan bir vaqtda eritrotsitlarning osmotik rezistentligi kamayishiga olib keldi. e avitaminozda membrana fosfolipidlari tarkibidagi o’zgarishlar hujayra ichi strukturalarida ham aniqlangan. Hayvonlarga vitamin e berish hujayra ichi strukturalari fosfolipidlari sifatli tarkibiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Vitamin e yetishmasligida yuqorida aytib o’tilgan o’zgarishlar fosfolipaza A2 faollashuviga sabab bo’iadi. Ma'lumki, hujayra membranasi fosfolipidlari gormonlar retseptorlari hosil bo’lishiga, hujayraning o’zaro ta'sirlariga mas'ul bo’lgan glikolipidlar bilan mustahkam bog'langan, e avitaminozda fosfolipidlarni miqdor va sifat tarkibi o’zgarganda, hujayra membranalari glikolipid tarkibi va ularga bog'liq vazifalar ham o’zgaradi. Membrana retseptorlarini gormonlarga sezuvchanligi pasayadi, Vitamin e yetishmasligida membrana fosfolipidlari sifat va miqdor tarkibi o’zgarishi ularning molekulyar harakatchangligini oshiradiki, qaysiki u hujayra ichi strukturalaridagi membranaga bog'liq fermentlar faolligi o’zgarishi bilan bog'liq bo’lgan hujayrada moddalar almashinuvida ko’p sonli ikkilamchi o’zgarishlarga sabab bo’iadi.
‘atogenezida lipidlarm peroksidlanish mahsulotlari to’’lanishi va immunitet faolligi pasayishi katta o’rin tutadigan qator kasalliklarda vitamin e ni kompleks terapiyada qo’llash ayni maqsadga muvofjq bo’iadi. Vitamin e tomonidan tabiiy killer hujayraiar aktivligini oshirilishi uning o’smalarga qarshi ta'sirini o’rganishga bo’lgan qiziqishni tobora orttirmoqda. Tabiiy killer hujayraiar esa organizmda o’smalarga qarshi nazoratning asosiy omilidir. Vitamin e tomonidan tabiiy killer hujayralarning faollashuvi shu hujayraiar faoliyatini cheklovchi T - su’ressorlar sonini kamaytirishga va prostglandinlar sintezi ingibirlanishiga bog'liqdir. Qaysiki, prostaglandinlar yuqorida aytilgan hujayraiar faoliyatini to’xtatib qo’yadilar.
Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling