6-ma’ruza. Boshqaruv (menejment) buxgalterlarining professional etikasi
Download 21.43 Kb.
|
6-ma\'ruza Boshqaruv hisobi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. ISHONCHLILIK (CREDIBILITY)
- “Professional buxgalterlarining etika Kodeksi”
Mamlakatimizda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasi bilan buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinishi mustahkamlandi: “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi tomonidan 2010 yilda “Professional buxgalterlarining etika Kodeksi” qabul qilingan. Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy prinsiplar kiritilgan: (a) tartiblilik (poryadochnost); (b) obyektivlik (obyektivnost); (v) professional kompetentlik va yetarli darajadagi sinchkovlik (professionalnaya kompetentnost i doljnaya tshatelnost); (g) konfedensiallik (konfidensialnost); (d) Professional xulq-atvor (professionalnoye povedeniye). Buyuk Britaniyadagi CIMA instituti ham aynan ushbu beshta prinsipni e’tirof etgan. Demak, bu jarayon mamlakatimizda ham etika bo‘yicha xalqaro prinsiplarning qabul qilinganligidan dalolat beradi. Ushbu me’yoriy tartib qoidalar buxgalterlarda bir qancha shaxsiy fazilatlar shakllanilishi lozimligini ko‘rsatadi. Bularga: kishilar bilan muloqat qila olish qobiliyati, intelektual innovatsion yaratuvchanlik qobiliyati, o‘ziga ishonch, to‘g‘ri so‘zlik va javobgarlik va boshqa bar qancha sifatlarni kiritish mumkin. Kodeksning asosiy etika me’yorlari, jumladan tartibli va obyektiv bo‘lishlik, professional kompetentlik, kofedensiallik, etika bo‘yicha yuzaga kelgan nizo va tortishuvlarni hal qila olishlik qobiliyati kundalik hayotda ham buxgalterlarning asosiy sifat tavsiflariga aylanishi lozim. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling