6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Tarmoqni mantiqiy strukturalash


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

Tarmoqni mantiqiy strukturalash. Mahalliy tarmoqlarni mantiqiy 
strukturalash yagona ajratiladigan muhitni bir necha avtonom ajratiladigan 
muhitlarga segmentlashtirish va olingan segmentlarni ko’priklar, kommutatorlar va 
marshrutizatorlar yordamida ulashdan iborat (6.5-rasm).
Sanab o’tilgan qurilmalar o’zining bir portidan ikkinchi portiga kadrlarni, mana 
shu kadrlarga joylashtirilgan va jo’natiladigan manzillarni tahlil etish bilan uzatadi. 
Ko’priklar va kommutatorlar kanal pog’onasining tekis manzillari, ya’ni MAS-
1 ажратила-
диган муҳит 
2 ажратила-
диган муҳит 
3 ажратила-
диган муҳит 
6.5-расм. Тармоқни мантиқий структуралаш 


100 
manzillar asosida kadrlarni uzatish operasiyasini bajaradi, marshuritizatorlar esa bu 
maqsad uchun tarmoq pog’onasining iyerarxik manzillaridan foydalanadi. 
Mantiqiy 
strukturalash 
bir 
necha 
masalalarni, 
ulardan 
asosiylari 
samaradorlikni, ixchamlilikni, xavfsizlikni va boshqariluvchanlikni yechish imkonini 
beradi. 
Unumdorlikni oshirish. Mantiqiy strukturalashning bosh maqsadi bo’lgan 
unumdorlikni oshirishning samarasini ko’rsatish uchun yuklamalarni segmentlarga 
bo’lishda yuklamaning o’zgarishini ko’rib chiqamiz (6.6-rasm). Rasmda ko’prikli 
ulangan ikkita Ethernet segmenti tasvirlangan bo’lib, segmentlar ichida 
takrorlagichlar ishlaydi. Tarmoqni segmentlarga bo’linishgacha bog’lamalar hosil 
qilmaydigan trafik umumiy bo’lib, faqat takrorlagichlar orqali o’tadi va tarmoqdan 
foydalanish koeffisiyentini aniqlashda hisobga olinadi. Agar i bog’lamadan j 
bog’lamaga boradigan trafikning o’rtacha jadalligi (intensivligi) C
ij
orqali belgilansa, 
u holda segmentlarga bo’linishgacha tarmoq uzatishi kerak bo’lgan yig’indi trafik 
barcha bog’lamalarning 

ij
C
yig’indi trafigiga teng bo’ladi. Tarmoqni segmentga 
bo’linmaganligini hisobga olib bu yig’indini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin: 

ij
C
=S1+S1/S2+S2, 
bu yerda S1-birinchi segmentning ichki trafigi;
S2-ikkinchi segmentning ichki trafigi;
S1/S2-segmentlararo trafik. 
Har bir ajratilgan segmentlar uchun alohida yuklamani hisoblaymiz. Masalan, 
1 segment uchun yuklama S1+S1/S2 bo’ldi. Demak, 1 segmentga yuklama 
bo’linishdan keyin ikkinchi segmentning ichki trafigi qiymatigacha kamaydi. Bu 
hisoblarni ikkinchi segment uchun takrorlash mumkin. Natijada segmentlardagi 
kechiktirish kamayadi, bitta bog’lamaga to’g’ri keladigan foydali o’tkazish xususiyati 
ortdi. 
Tarmoqni segmentlarga bo’lish doimo yangi segmentlarda yuklamani 
kamaytiradi (butun trafik segmentlararo bo’lmagan hollarda). Amalda tarmoqda 
doimo umumiy masalani yechadigan idora xodimlariga tegishli kompyuterlar 
guruhini ajratish mumkin. Bu bitta ishchi guruh, bo’lim, korxonaning boshqa 
tashkiliy qismining xodimlari bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ularga o’zlarining 
bo’limlari bo’yicha resurslari, faqat kam hollarda masofaviy resurslarga ulanish 
zarur bo’ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling