6-Ma’ruza Mavzu: Tarmoq protokollari Reja: tcp/ip protokollar steki tcp/ip tarmoqlarida manzillash


Download 431.09 Kb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi431.09 Kb.
#1032195
  1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza (4)


6-Ma’ruza
Mavzu: Tarmoq protokollari
Reja:
  • TCP/IP protokollar steki.
  • TCP/IP tarmoqlarida manzillash.
  • Tarmoqlararo muloqot protokollari.

TCP/IP protokollar steki 
Transmission Control Protocol/Inernet Protocol(TCP/IP) — protokollar steki global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.
TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog’i ichida bo’layotgan ishlar yozilgan. Ayrim RFC lar tarmoq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko’rinishda chop etiladi, faqat barcha RFC lar ham standart bo’lmaydi.
TCP/IP steki shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar orqali tushuntirish mumkin:
  • Bu ko’p tarixga ega bo’lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi kunda mashhur bo’lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.
  • Deyarli barcha katta tarmoqlarda o’z trafigining asosiy qismini TCP/IP orqali uzatadi.
  • Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratilgan WWW gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog’ining asosi uchun xizmat qiladi.
  • Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil tizimlarni birlashtirish uchun qulay.
  • Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar o’rtasida masshtablashgan muhit.

TCP/IP tarmoqlarida manzillash.
EHM ni kompyuter tarmog’iga ulashda TCP/IP stek protokolini muxim o’rin tutadi. Ushbu ishda kompyuter tarmog’iga ulanish tartibi va ularni tekshirish imkoniyatini beradi.
Tashkilotlarda kompyuterlarni birlashtirish, ya’ni o’zaro ma’lumotlar almashishini tashkil etishda xoxlagan belgilangan IP- adres ni berish imkoniyatini beradi (agar tashkilot InterNet ga ulanmagan bulsa).
Misol uchun tarmoqda kompyuterlar quyidagicha ulangan 1-kompyuter uchun IP-adres 192.168.0.1 va maska podseti (subnet mask) 255.255.255.0, ikkinchi kompyuter uchun IP-adres 192.168.0.2 va analog setevoy maskaga ega. Tarmoqqa uchinchi kompyuterni ulash uchun IP-adres 192.168.0.3 va shunaqa setevoy maska. Qolganlari shu tartibda davom etadi 192.168.0.4 (255.255.255.0) turtinchi kompyuter uchun, 192.168.0.5 (255.255.255.0) – beshinchi kompyuter uchun va h.k.
Tarmoqqa ulash uchun birinchi tartibda setevoy kartasini aniqlash kerak. Keyingi bosqich Pusk -Programm Standartnыe Svyaz Master nastroyki seti’
IP protokolida element nomeri uning lokal adresidan mustaqil ravishda belgilanadi. IP adresning tarmoq nomeri va element nomeri maydonlarga ajratilishi va bu maydonlar o’rtasida chegaralar ixtiyoriy ravishda o’rnatilishi mumkin. Element bir nechta IP tarmoqqa kirishi mumkin. Bunday hollarda element tarmoqdagi aloqalar soniga qarab bir nechta IP adresga ega bo’ladi. Bunday hollarda IP adres alohida kompyuterlar yoki marshrutizatorlarni emas balki bitta tarmoq bog’lanishini bildiradi.
Belgili identifikator — nom, misol uchun SERV1.IBM. COM. Bu adres administrator tomonidan belgilanadi va bir necha qismdan iborat bo’ladi, misol uchun mashina nomi, korxona nomi, domen nomi, DNS nomi bilan ham ataluvchi, bunday adres amaliy sathda misol uchun FTP yoki telnet protokollarida ishlatiladi.

Download 431.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling