6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng kichik chekka olcham
- Otuvchi chekka olcham
- Otmaydigan chekka olcham
Chekka o'lcham - ikki chekka o'lcham bo'lib, haqiqiy o'lchamlar o'rtasida
joylashishi yoki ularga teng bo'lishi lozim. Eng katta chekka o'lcham - ikki chekka o'lchamning eng kattasi. Teshik uchun D max , val uchun d max belgilanadi. Eng kichik chekka o'lcham - ikki chekka o'lchamning eng kichigi. Teshik uchun D min , val uchun d min belgilanadi. O'lchamning haqiqiy qiymatini chekka o'lchamlar qiymatlari bilan qiyoslab o'lcham yaroqligi haqida xulosa chiqariladi. Undan tashqari, standart o'tuvchi va yotmaydigan chekka o'lchamlar tushunchalarini joriy qilgan. O'tuvchi chekka o'lcham - val uchun yuqorigi chekka o'lchamga, teshik uchun quyi chekka o'lchamga nisbatan qo'llanadigan atama. Chekka o'lchamli kalibrlar ishlatilganda so'z o'tuvchi kalibr bilan tekshiriladigan chekka o'lcham to'g'risida ketadi. Bu atama qaysi bir chekka o'lchamga maksimal miqdori to'g'ri kelsa, shunga taalluqli. O'tmaydigan chekka o'lcham - val uchun quyi chekka o'lchamga, teshik uchun yuqori chekka o'lchamga nisbatan qo'llanadigan atama. Chekka o'lchamli kalibrlar ishlatilganda o'tmaydigan kalibr bilan tekshiriladigan chekka o'lcham to'g'risida so'z yuritiladi. Bu atama qaysi bir chekka o'lchamga minimal material miqdori to'g'ri kelsa, shunga taalluqli. Joizliklar va o'tqizmalar tizimining funksional talablarini amaliyotda iloji boricha yuqori darajada bajarilishini ta'minlash uchun ko'rsatilgan uzunlikdagi chekka o'lchamlar quyidagiday ta'birlangan bo'lishi kerak: teshik uchun teshikka eng katta ichki chizilishi mumkin bo'lgan, yuzaning eng bo'rtib chiqqan nuqtalari bilan jips kontaktda bo'lgan to'g'ri faraziy silindrning diametri (teshikka tirqishsiz yopishib turadigan ideal geometrik shaklli tutashgan detaining o'lchami) o'tuvchi chekka o'lchamdan kam bo'lmasligi talab qilinadi. Bunga qo'shimcha, teshikning har qandayjoyida eng katta diametri o'tmaydigan chekka o'lchamdan ortiq bo'lmasligi kerak; val uchun - val atrofida eng kichik tashqi chizilishi mumkin bo'lgan, yuzaning eng bo'rtib chiqqan nuqtalari bilan jips kontaktda bo'lgan to'g'ri faraziy silindrning diametri (valga tirqishsiz yopishib turadidigan ideal geometrik shaklli tutashgan detaining o'lchami) o'tuvchi chekka o'lchamdan ortiq bo'lmasligi lozim. Bunga qo'shimcha, valning har qanday joyida eng kichik diametri o'tmaydigan chekka o'lchamdan kam bo'lmasligi kerak. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling