6-ma’ruza. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji reja
Download 284.62 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq usulda
Ochiq usulni mohiyati shundaki birinchi bo‘lib, qamrovdagi yer ostidagi barcha ishlar, ya’ni binoning yer ostki qismlari barpo etiladi, keyin esa binoning yerdan yuqori qismidagi konstruksiyalar, texnologik uskunalar quvur o‘tqazish va barcha pardozlash ishlari amalga oshiriladi. Yer osti sikli tarkibiga barcha yer osti konstruksiyalarini qurish ya’ni – bino va uskunalar poydevori, yerto‘la qavatlararo yopmalari bilan, kommunikatsiyalarni utqazish va qayta ko‘mish, yerto‘lasiz binolarda pol osti to‘shamasini yaratish kiradi. Pol osti to‘shamasi bilan yer osti siklidagi ishlar to‘gagandan so‘ng, qolgan maydon tekislanishi kerak.
Birinchi navbatda hamma yer ostki sikldagi ishlarni bajarish, bino va inshootlarning yerdan yuqoridagi qismlarini samarali montaj qilishni ta’minlaydi va qurilishni industrial uslublarda olib borishning shartlaridan biridir. Ammo binoning hajmiy-rejaviy, texnologik yechimlariga bog‘liq holda va qurilish sharoitini xisobga olganda boshqa usullar ham samarali bo‘lishi mumkin. Yopiq usulda xar bir montaj uchastkasida oldin yer ishlari va faqat binoning tagidagi poydevorlar o‘rnatiladi, so‘ngra karkas montaj qilinadi. Montaj ishlari tugallangandan keyin bino karkasini ichida kotlovan qazilib, texnologik uskunalar, ichiga o‘rnatiladigan konstruksiyalar (etajerkalar) va texnologik uskunalar uchun poydevorlar va barcha yer osti inshootlari barpo etiladi. Faqat bulardan keyin etajerkalar konstruksiyalari va texnologik uskunalar montaji, quvur o‘tqazish ishlari hamda barcha pardozlash ishlari bajariladi.. Yopiq usulni bino texnologik uskunalarining poydevorlari oraliqda ko‘p maydonni egallaganda va rivojlangan yerosti kommunikatsiyalari xujaligi tarmog‘ini barpo etish zaruriyatida qo‘llash oqilona xisoblanadi. Bu kranlarni harakatlanishini qiyinlashtirib, qushimcha yo‘l xarajatlarini talab etadi. Yopiq usul ishlarni bo‘linishiga , keng manevrga va kam foydalanish xarajatiga ega o‘ziyurar kranlarni qo‘llanilishi bilan minorali kran qo‘llaniladigan ochiq usuldan farqlanadi. Bunda ko‘p ishlar tom yopilgandan so‘ng bajariladi, bu yog‘ingarchilik ta’siridan saqlanish uchun muhimdir. Download 284.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling