6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana05.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1166911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu

 
 
Sug‘urta bozori 


milliy sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat 
hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularni faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. 
Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan 
ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu erda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan 
ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta 
kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida 
ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi 
mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan 
sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. 
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan 
o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori 
tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib 
boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi 
vaqtda Yaponiya sug‘urta bozorining xalqaro darajada muxim o‘rni bor va keyingi 
o‘n yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug‘urta 
qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu 
kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan. 
Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta turlariga qarab 
ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida 
sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi: 1) Hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta 
xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. 
3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq 
topmoqda. Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning 
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug‘urta faoliyatida risklar 
transferi ham o‘z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga 
bog‘liqdir.
Shu o‘rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug‘atlarda turlicha: 
masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy 
tarmoqlar yig‘indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab 
chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda 
qo‘llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug‘urta bozori infratuzilmasining 
mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat 
yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda 
tutiladi. Ma’lumki, sug‘urta mahsuloti sotilishining o‘ziga xos jihatlari mavjud va 
bu jarayon:
- sug‘urta riski haqida axborot to‘plash va uni aniqlashtirish; 
- sug‘urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini 
ta’minlash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 
Sug‘urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o‘ziga xos bilimni 
talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra, ma’lum qisqa davr 
oralig‘ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi 


iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun kompaniya 
o‘z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan foydalanadi. Demak, 
ta’kidlash mumkinki, sug‘urta bozori infratuzilmasi uning professional 
ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
sifatida sug‘urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini ta’minlovchi omil 
sanaladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, shuni qayd
etish mumkinki, uning tarkibiga sug‘urta vositachilari, sug‘urtachilar uyushmasi, 
avariya komissari, syurveyer, aktuariy, sug‘urta auditori, maxsus ixtisoslashgan 
maslahatchilar hamda baholovchi firmalar kabi sub’ektlar kiradi. Shu o‘rinda, 
London sug‘urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug‘urta anderrayterlari ham 
kiritilganligini qayd etish mumkin.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida o‘ziga xos o‘ringa egadir. Masalan, aktuariy 
sug‘urta xizmatlari narxini aniqlashda qatnashuvchi sub’ekt sanaladi. Bunda, u katta 
sonlar va ehtimollik qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan foydalanadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari aktuariy faoliyatisiz sug‘urta 
xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning belgilanishini ta’minlay olmaydi. 
Aktuariy sug‘urta faoliyatini strategik rejalashtirish, sug‘urta sohalari, klass(tur)lari, 
shuningdek, kompaniya bo‘yicha sug‘urta portfeli tarkibi va sifatining tahlili kabi 
jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug‘urta tashkilotining hisoboti uning 
vakolatli shaxslaridan tashqari aktuariy tomonidan ham tasdiqlanishi talab etiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling