6-Mavzu. Alisher Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi


 "Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari


Download 398.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi398.19 Kb.
#1619871
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu. P-5

2. "Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari. 
"Badoe` ul-bidoya" (ajoyib yangiliklarning boshlanishi) deb atalgan birinchi 
devon 1479-1480 yillarda tuzilgan. Bu devonni tuzishga Sulton Husayn Boyqaro 
juda ham xayrxoh bo’lgan va, Alisher Navoiyning devonga yozgan debochasida 
uqtirilganidek, uni tezlashtirishga buyruq ham bergan ekan: 
"Tilarbiz bu parishon bo’lsa majmu’, 


Ravon bo’lkim, emastur uzr masmu’… 
Chu bilding hukm, bor, ishtin ruju’ et, 
Ravon maqsud sori- o’q shuru’ et. 
Murattab qilmag’uncha, tinma bir dam, 
So’z o’ldi muxtasar, Vallohu a`lam". [1-tom, 19]. 
Shunday qilib, Alisher Navoiy o’z she`riyatining birinchi devonini tartib 
berishga kirishadi. Bu devon o’zining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan 
mavjud turkiy va forsiy devonlardan farq qilib turadi. Bu farqlar quyidagicha: 
-devonga maxsus debocha yozilgan; 
-devonga 32 harf bilan tugallangan g’azallar kiritilgan; 
-har bir harf bilan tugallangan g’azallarni joylashtirishda avvalida hamd
so’ng na`t va undan so’ng esa boshqa mavzudagilari joylashtirilgan
- g’azallarning yakpora bo’lishiga e`tibor berilgan; 
- oshiqona g’azallar tarkibiga mav`iza, pand va hikmatlar kiritilgan.
"Badoe` ul-bidoya"da 11 janrdagi 1041-ta she`r: g’azal, ruboiy, muxammas, 
mustazod, musaddas, tarje`band, qit`a, lug’z, muammo, tuyuq, fardlar kiritilgan. 
Bunda "Ilk devon"dagilar ham borligini unutmaslik kerak. "Badoe` ul-bidoya" 
devoni quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi: 
Ashraqat min aksi shams il-ka`s anvor ul-hudo, 
Yor aksin mayda ko’r deb jomdin chiqdi sado. 
Devon quyidagi fard bilan yakunlangan: 
Sel yo’lida fano dashtida mujgonim emas, 
Ko’z alochuqlarining dud yegon o’qlaridurur. [1-tom, 692] 
"Badoe` ul-bidoya" dagi she`rlar keyinchalik "Xazoyin ul-maoni"ga 
kiritilgan. 

Download 398.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling