6-Mavzu Amir Temir va Temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot
Download 0.69 Mb.
|
tearixxxxx
6-Mavzu Amir Temir va Temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot
Amir Temurda davlatga, xarbiy ishlarga bo`lgan qiziqish juda erta uyg`ondi. U jismonan juda baquvvat bo`lgan. Sharqona kurash va mushtlashish usullarini puxta egallagan. Chavandozlik uning eng yaxshi ko`rgan mashqi bo`lgan.Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to`g`risida Ibn Arabshoxninig quyidagi iboralari g`oyatda asoslidir. «Amir Temur jismu-jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo`yli, go`yo qadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo`lib, boshi katta, g`oyatda kuchli va salobatli, o'qish yuzini och qizil rang jonlantirgan bilan xech bir dog`siz, bug`doyrang emas. qo`l oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, o`ng oyoq-qo`li cho`loq va shol, ikki ko`zi bamisoli ikki shamdek bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rqmas, yoshi saksonga yetgan bo`lsada, iztirobsiz, vazmin bo`lib, xazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, garchi unda o`ziga ozor yetadigan biron so`z bo`lsa xam xaqiqat unga yoqar edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas va qo`lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi»1.Soxibqiron Amir Temur ( Amir Temur haqida referat ) tarixan o`ta murakkab vaziyatda-XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiqdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga qarashli xududlarga feodal tarqoqlikning yanada chuqurlashuviga sabab bo`ldi. Maxalliy xokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga qarashli Movarounnaxr xududida o`nlab mustaqil bekliklar vujudga keldi.Shaxrisabzda-Xoji Barlos, Xo`jandda-Boyazid Jaloyir, Balxda-Amir Xusayn, Shibirg`onda – Muxammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda-amir Sotilmish, Arxang saroyda – O`ljoy Aperdi va boshqalar o`zlarini xokimi mutlaq deb xisoblashardi.Bir yoqdan mo`g`ul xonlari o`tkazayotgan zug`umlar, ikkinchi tomondan esa – maxalliy xokimlar o`rtasida to`xtovsiz davom etayotgan nizo va urushlar o`lkani mushkul axvoolga solib, oddiy xalq ommasining turmushini og`irlashtiribgina qo`ygani yo`q, Ayni zamonda boy va zodagonlarning manfaatlariga xam putur yetkazdi. Shu boisdan xam o`lkada feodal tarqoqlika barxam berish, markazlashgan kuchli davlat barpo eti shva so`ngra mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lishga intilish g`oyasi tobora kuchayib bordi. Xalqni ng anna shu xoxish irodasini birinchilar qatorida tushungan maxalliy xokimlardan biri Xoji Barlosdir1.Kesh (Shaxrisabz) xokimi Xoji Barlos – turklarning barlos Urug`idan bo`lib, Amir temurning amakisi edi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling