6-mavzu. Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik risk mavzu bo‘yicha testlar


Download 16.92 Kb.
Sana08.10.2023
Hajmi16.92 Kb.
#1695538
Bog'liq
risk


6-MAVZU. AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK RISK
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditor qanday hollarda muhimlikni ko‘rib chiqishi lozim.
A. Auditorlik amallarining xususiyatlarini aniqlashda.
B. Auditorlik vaqti va chuqurligini aniqlashda.
C. Xatolar ta’sirini aniqlashda.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


2. Auditorlik riskining maqbul to‘plamiga qanday shart-sharoitlar asosiy ta’sirini ko‘rsatadi.
A. Mijoz - korxona faoliyatining ko‘lami.
B. Mulkchilikning tashkiliy- huquqiy shakllari.
C. Kreditorlik qarzlarning miqdori va tavsifi.
D. A, B va S javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


3. Risklar maqbul to‘plamining eng yuqori chegarasi -5%,IR-90%, CR-80%, ishonchlilik darajasi - …
A. 82,1%.
B. 73,6%.
C. 80%.
D. 93,1%.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


4. Risklar maqbul to‘plamining eng yuqori chegarasi -5%, IR -70%, CR-40%, aniqlanmaslik riski-…
A.17,9%.
B.6,9%.
C.13,4%.
D.9,6%.
E. to‘g‘ri javob berilmagan.


5. Muhimlik darajasi qaysi bosqichda aniqlanadi?
A. Rejalashtirish bosqichida.
B. Tekshiruv o‘tkazish chog‘ida.
C. Auditorlik xulosasini tuzish jarayonida.
D. Uchchalasida ham aniqlanadi.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


6. Rahbariyat va xodimlar malakaviy darajalarining pastligi qaysi riskka ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi..
A. Ichki xo‘jalik riski.
B. Nazorat riski.
C. Aniqlanmaslik riski.
D. Ishonchlilik riski.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


7. Hisobotdagi har bir satr bo‘yicha moddiylik alohida satrlar bo‘yicha yig‘ilishi uchun qaysi usuldan foydalaniladi?
A. Analiz usuli.
B. Sintez usuli.
C. Deduksiya usuli.
D. Induksiya usuli.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.



  1. Auditor auditni rejalashtirish davrida ajratib bo‘lmaydigan riskini 70%, ichki nazorat riskini 40%, aniqlanmaslik riskini 12% qilib belgiladi. Shunda auditorlik riski necha foizga teng bo‘ladi?

A. 3,16%.
B. 3,36%.
C. 3,46%.
D. 2,15%.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.

  1. Muhimlik darajasi va auditorlik riski o‘zaro qanday bog‘liqlikda?

A. Bog‘liq emas.
B. Teskari proportsional.
C. To‘g‘ri proportsional.
D. Progression bog‘liqlikda.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.



  1. Aniqlanmaslik riski bu -

A. Auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan subyektiv aniqlanadigan ko‘rsatkich.
B. Buxgalteriya schotida, balans moddasida, bir turdagi xo‘jalik muomalalari guruhida uchraydigan kamchiliklarni absalyut qiymati.
C. Korxonaning mavjud va muntazam qo‘llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalarini nisbiy miqdori.
D. Auditorlik tekshiruvi jarayonida qo‘llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo‘qligining ehtimolidir.
E. Yuqoridagilarni barchasi to‘g‘ri.
Download 16.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling