6-mavzu avtomobil dvigatelining yonilg‘i ta’minlash tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi
Download 270,56 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu Avtomobil IYoD ta\'minlash tizimiga TXK (1)
6-MAVZU AVTOMOBIL DVIGATELINING YONILG‘I TA’MINLASH TIZIMIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA TA’MIRLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI Reja: 1. Dvigatellarning yonilg‘i ta’minlash tizimi. 2. Ta’minlash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablri. 3. Ta’minlash tizimiga TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi. 4. Zamonaviy yonilg‘i ta’minot tizimlariga (injektorli, gazli va h.k.) texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning o‘ziga xosligi. Karbyuratorli dvigatellarni ta`minlash tizimiga TXK va T Ta`minlash tizimi nosozliklari. Ta`minlash tizimini asosiy nosozliklari karbyuratorga yonilg`ini uzatilishi to`xtagan, haddan tashqari kambag`al yoki boy aralashma hosil bo`lishi, yonilg`ini tomishi, qizigan yoki sovuq dvigatelni yurgizishni qiyinlashishi, salt yurishda dvigatelni turg`un ishlamasligi, hamma ish tartiblarida dvigatelni uzilish bilan ishlashi hamda yonilg`i sarfini ko’payib ketishi. Karbyuratorga yonilg`ini vaqtida yetkazib bermaslikni asosiy sabablari yonilg`i baki, yonilg`i o`tkazgichlar va to`rli filtrlarni ifloslanishi; yonilg`i nasosini nosozligi, diafragmani teshilishi, klapanlarini yeyilishi yoki ifloslanishi, nasos qismlarini o`zaro yaxshi mahkamlanmaganligi sababli diafragma ustiga havo tortishi, yonilg`ini mayin tozalash filtrlarini ifloslanishi va ikki tomonlama harakatlanuvchi klapanini nosozligidir. YOnilg`i uzatilmayotganligini aniqlash uchun yonilg`i nasosida karbyuratorga yonilg`i uzatuvchi ichak uzib qo`yiladi, karbyurator tomonidan bo`shatib olingan ichak uchi shafof idishga tushiriladi (benzin dvigatelga tushib yonib ketmasligi uchun) va yonilg`i nasosini qo`l bilan yonilg`ini tortish (so`rish) richagi yoki stator yordamida tirsakli valni aylantirish bilan yonilg`i tortiladi. Agar yonilg`i oqimi yaxshi bosim bilan paydo bo`lsa, bunda nasos soz bo`ladi va karbyuratorni yonilg`i kirish joyidagi shtutser filtrini olib, uni holati tekshiriladi, ifloslangan bo`lsa tozalanadi. Agar yonilg`i oqimi bosimi sust yoki vaqti-vaqti bilan yonilg`ini purkasa yoki umuman yonilg`i uzatmasa, bunda yonilg`i nasosi yoki yonilg`i bakidan yonilg`i nasosiga yonilg`i uzatuvchi magistral ifloslangan. Qo`l nasosi yordamida yonilg`ini tortilmasligini sabablaridan birini taqsimlash valini ekstsentrigi turtkini bosadi, u o`z navbatida richag va diaragmali shtokni bosadi, bunda ekstsentrik eng pastki holatda bo`lishi mumkin. SHuning uchun nasosni ishga yaroqli holatini aniq tekshirish uchun startyor yoki o`t oldirish dastasi bilan tirsakli val bir - ikki marta aylantiriladi va qo`l bilan yonilg`i tortish takrorlanadi. Agar bunday tekshirganda ham yonilg`i bo`lmasa va qo`l nasosini harakatlantirganda yetarli qarshilik sezilmasa, unda yonilg`i nasosi nosoz bo`ladi. Agar yonilg`ini qo`l bilan tortishda sezilarli qarshilik bo`lsayu, yonilg`i kelmasa unda bakdagi yonilg`i nasosiga yonilg`i uzatayotgan magistral ifloslangan. Benzin bakdan yonilg`i uzatish magistralini ifloslanganligi maxsus konus o`tirgichli (nasadka) shina nasosi yoki kompressor yordamida ‘udab aniqlanadi. Buning uchun benzin bakdan yonilg`i nasosiga yonilg`i uzatish ichagi nasos tomonidan uziladi va unga konusli o`tirgichni o`rnatib shina nasosi yoki kompressor yordamida havo yuboriladi. Bunda havo qiyinchiliksiz yonilg`i bakiga kirishi kerak (bakda bulluq-buluq degan ovoz eshitiladi). YOnilg`i magistrali bo`ylab havo yomon o`tsa yoki umuman o`tmasa, bunda uzatilayotgan havo bosimi oshirib boriladi. Agar yonilg`i magistralidagi nosozlikni havo bilan ‘udab bartaraf qilib bo`lmasa, unda benzin bakini yonilg`i qabul qilgich trubkasini to`rli filtri bilan olib tozalash yoki ifloslangan yoki shikastlangan yonilg`i trubkasini almashtirish hamda yonilg`i bakini iflosliklardan tozalash uchun qaynoq suvda obdon yuviladi. YOnilg`i uzatish magistralida nosozlik bo`lmasa, yonilg`i nasosidagi nosozliklar qidiriladi. YOnilg`i nasosini nosozligini qidirishni uni birikkan joylaridan yonilg`ini oqmayotganligidan yoki shikastlangan diafragmani obdon tekshirishdan boshlash lozim. YOnilg`i nasosini birikkan joylari orqali yonilg`i sizib chiqsa ularni qotirish gaykalari mahkamlab tortiladi. Nasos qo’qog`ini yechib to`rsimon filtrini tekshirib va tozalab yana nasosni ishlatib koprish lozim. Diafragma nosoz bo`lganda korpusni pastki qismidagi maxsus teshik orqali sizib chiqadi va dvigatel karteriga tushadi. SHuning uchun bunday nosozlikda yonilg`i sarfi ko’payadi, karterdagi moy sathi koptariladi va moyga benzin aralashishi tufayli moy bosimi pasayadi. Bunda moy o`lchash shchupidan suyulgan moy yengil oqadi va benzin hidi kelib turadi. Bu qo`shimcha sabablar yonilg`i nasosini diafragmasini sezilarli bo`lmagan shikastlanmaganligini aniqlaydi. Bunda dvigatelni ishlashini yonilg`i bilan taminlash uchun yonilg`i nasosi yetarlicha ishlash qobiliyatini saqlaydi. SHikastlangan diafragma almashtiriladi. Agar diafragmani tamirlashdan almashtirishdan keyin ham yonilg`i nasosi ishlamasa uni ta`mirlash yoki almashtirish uchun avtomobildan yechib olinadi. Agar yonilg`i nasosi soz bo`lsa va yonilg`ini yetarli bosimda ta`minlamasa karbyuratorni to`rli filtri ifloslanmaganligi tekshiriladi. Buning uchun to`r filtr tiqini bo`shatib olinadi va to`rfiltr olinib tozalanadi va siqilgan havo yordamida ‘udaladi. Download 270,56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling