6-mavzu. Beton turlari


Download 22.3 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi22.3 Kb.
#1395481
  1   2   3
Bog'liq
6-7 mavzu 6-s


6-mavzu. Beton turlari

1.Beton turlari, ularning zichligi, tuzilishi, ishlatilgan bog‘lovchi moddalar turi va qo‘llanishiga ko‘ra klassifikatsiyasi.


2. Sementli betonlar, gips va gips pussolan betonlar, shlakishqorli betonlar, beton polimerlar, yacheykali betonlar, quyma betonlar.


O‘rtacha zichligiga qarab betonlar:

- o‘ta yengil betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi bo‘yicha D300 D500);
- yengil betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D800 dan D2000 gacha);
- og‘ir betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D2000 dan D2500 gacha);
- o‘ta og‘ir betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D2500 dan yuqori).


Beton strukturasiga qarab: - Zich strukturali betonlar. Bu turdagi betonlar zich to‘ldiruvchilar asosida tayyorlangan bo‘lib, og‘ir betonlar turiga kiradi.
- G‘ovak strukturali betonlar. Bu turdagi betonlar sun’iy va tabiiy g‘ovak
to‘ldiruvchilar asosida tayyorlangan bo‘lib, yengil betonlar turiga
xosdir.
- Yacheykali, uyali betonlar. Bu turdagi betonlar ko‘pik va gaz hosil
qiluvchi moddalar asosida tayyorlangan ko‘pikbeton va gazbetonlar bo‘lib,
ular o‘ta yengil beton turlariga xosdir.
- Serg‘ovak betonlar. Bu turdagi betonlar qumsiz betonlar hisoblanib, faqat yirik to‘ldiruvchi asosida tayyorlanadi.

Ishlatilayotgan bog‘lovchi materialiga qarab: - Sementli betonlar. Bu betonlar qurilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan betonlar hisoblanadi. Ularni tayyorlash uchun portlandsement va uning barcha turlaridan foydalaniladi. Xususan shlakoportlandsement, pussolanportlandsement, oq va rangli sementlar, kuchlantirilgan sementlar va boshqalar.

- Ohak asosidagi betonlar. Bu betonlarni silikat deb yuritiladi. Ularni
qotirish jarayonlarida yuqori bosim va yuqori harorat ta’sirida
avtoklavlarda amalga oshiriladi.

- Shlakli betonlar. Bu betonlar nisbatan yangi betonlar hisoblanadi.


Bunday betonlar shlak ishqorli qorishma asosida tayyorlanadi.
- Gipsli betonlar. Bu betonlar gips bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi,
ekologik nuqtai-nazardan eng toza betonlar hisoblanadi. Suvga chidamlilik xossasini hisobga olgan holda binolarning ichki devorlari,
potolok osma elementlari (gipsokarton) pardozbop materiallar
sifatida tayyorlanadi.

- Maxsus bog‘lovchi materiallar asosidagi betonlar. Bu turdagi betonlarga
organik bog‘lovchi materiallar asosida olinadigan polimerbetonlar,
betonopolimerlar va magnezial bog‘lovchilar asosidagi betonlar kiradi.



Download 22.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling