6-Mavzu: Bilimlarni olish usullari


Download 307.06 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi307.06 Kb.
#1708364
Bog'liq
6-Laboratoriya mashg


Mashgʻulot turi: laboratoriya

6-Mavzu: Bilimlarni olish usullari


Mavzu rejasi:
Bilimlarni olish usullari
Axborot istе'molchiga yеtib borguncha bir qator o‘zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko‘ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan chеklangan «ma'lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ma'lumotlarni axborotning kompyutеrdagi tasviri dеb aytish mumkin.
Ma'lumotlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan dalil va raqamlar, fikrlar to‘plamini ifodalaydi. Axborot va ma'lumotlar o‘rtasidagi farq ta'kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Hujjat, hujjat aylanishi. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi ishiga duch kеladi.
Hujjat – bu ma'lum bir qoidaga ko‘ra rasmiylashtirilgan, bеlgilangan tartibda tasdiqlangan qog‘oz, ovoz yoki elеktron shakldagi axborot xabaridir.
Hujjat aylanishi – hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdеk, ularning ijrosini nazorat qilish, hamda ularni ruxsatisiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi -bu quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy atamalar to`plamidir.
1. Foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan ta’minlash.Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili(MAT) va ma’lumotlar bilan ishlash amallari bajarish (MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib o`tilganlarning har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so‘zi ma’lumotlar tilini SIQQ, Paskal va hokazo kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’lumotlar tili universal tilga, masalan SIQQ, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday hollarda dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma’lumotlarning tilosti deb ataladi;
2. Foydalanuvchi ma’lumotlarning modelini qo`llab quvvatlashni ta’minlash. Ma’lumotlar modeli - ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir;
3. Aniqlash, yaratish va mantiqiy ma’lumotlar bilan amallar bajarish(ya’ni tanlash, yangilash va yo`q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT vazifalarini amalga oshiruvchi dasturlarni ta’minlash;
4. Ma’lumotlarni himoyasi va yaxlitligini ta’minlash. Tizimdagi foydalanish faqat shunga huquqi bo‘lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning muvofiqliligi ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko`plab foydalanuvchilar ishi jamoa rejimida ta’minlashga mo`ljallanadi.
4. Ma’lumotlarning turlari.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo—raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «10/25»,...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi.axborotlar tizimi foydalanuvchilar uchun bunday ma’lumotlar faqat o`lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolgon) «0» qiymatlarini qabul qiladi.
Ma’lumotlarning ko‘rinishlari


Bundan tashqari ikkala ko`rinishda tasvirlab bo`lmaydigan ma’lumotlarni quyidagicha ko`rinishda tasvirlash mumkin:


Nazorat savollari

  1. Ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot bering?

  2. Tashqi xotirada bеvosita ma'lumotlarni boshqarish haqida tushuncha bering?

  3. Tranzaktsiya bilan boshqarish haqida tushuncha bering?

  4. MBBT arxitеkturasi haqida tushuncha bering?

  5. Iyerarxik tizimlar haqida tushuncha bering?

  6. Ma’lumotlarning iyerarxik strukturasi haqida tushuncha bering?

  7. Ma’lumotlar ustida ish yuritish haqida tushuncha bering?

Download 307.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling