6-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha Vernadskiy Ta’limoti,noosfera
Download 0.59 Mb.
|
Biosfera haqida tushuncha Vernadskiy Ta’limoti,noosfera
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noosfera tushunchasi haqida
Atmosfera – Yer sharini o`rab olgan havo qatlamidan iborat bo`lib, uning og`irligi Yer og`irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining har bir kvadrat santimetr maydoniga 1,32 kg. dan to`g`ri keladi. Ana shu miqdordagi havoning teng yarmi 6 km. balandlikkacha bo`lgan qavatda joylashgan. Qolgan yarmining 99% 30 km. balandlikkacha bo`lgan qavatda va 1 % - 3000 km. balandlikkacha bo`lgan qavatida joylashgan. Bu balandlik atmosferaning yuqori chegarasi bo`lib, bu yerda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo`shlik havosining zichligiga tenglashadi. Yerdan balandga ko`tarilgan sari havoning siyraklashayotganini barcha organizmlar, shuningdek odam organizmi ham yaqqol sezadi.Atmosfera 3 ta asosiy qavatdan – troposfera, stratosfera va ionsferadan tarkib topgan. Biz bu to`g`rida keyinroq ma'lumot beramiz. Havo zarrachalarining eng zich joylashgan qavati troposfera bo`lib, u biosfera tarkibiga kiradi. Hozirgacha fanda havoda yashovchilar – atmobiontlar ma'lum emas. Ammo ko`pgina organizmlar bor-ki, ular havoda harakatlanish va oziqlanishga moslashib olganlar.Atmosfera 3 ta asosiy qavatdan – troposfera, stratosfera va ionsferadan tarkib topgan. Biz bu to`g`rida keyinroq ma'lumot beramiz. Havo zarrachalarining eng zich joylashgan qavati troposfera bo`lib, u biosfera tarkibiga kiradi. Hozirgacha fanda havoda yashovchilar – atmobiontlar ma'lum emas. Ammo ko`pgina organizmlar bor-ki, ular havoda harakatlanish va oziqlanishga moslashib olganlar.Noosfera tushunchasi haqidaNOOSFERA (yun. noos — akl-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi xrlati. Noosferada inson biosfera rivojla-nishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. Noosfera tushunchasini 1927-y. da fransuz olimlari E. Lerun va P. Teyetyar de Sharden fanga kiritishgan boʻlib, ular Noosferani biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni oʻrab olgan akl-idrok kavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-a. ning 30—90 – y. larida Noosfera toʻgʻrisidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida paydo boʻlgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yoʻlida qayta tashkil etilgan evolyutsion xrlatidir. Tibbiyot qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy qonuniyatlari bilan uygʻunlashib ketishi Noosfera uchun xos xususiyat hisoblanadi. Noosferaning ayrim tarkibiy-funksi-onal elementlari jamiyat rivojlanishining hoz. davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muam-molarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning Noosferaga aylanishi ham kuchayib boradi.Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling