6-mavzu: biznesda muhokama


Download 140.51 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi140.51 Kb.
#1015676
  1   2   3
Bog'liq
4-dars (1)

4-MAVZU: SOHADA MUHOKAMA

O‘qituvchi: S. Amirqulov


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Fan: O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi

1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.

Muhokama kimningdir bilimga ijodkor yondashuvini rivojlantirish usulidir. Biz xulosa chiqarishni va ijobiy hissa qoʻshishga ishonganimiz uchun, bahsda boshqalarni tinglashni oʻrganamiz. Biz fikrlarimizga xulosa chiqarishdan oldin asosiy masalalarni ham koʻrsatishni oʻrganamiz.

Muhokamada biz oldindan belgilangan masalalarni bir oz muddatda davom ettira olamiz, biroq, oldindan tushunilgan gʻoyani oʻtkaza olmaymiz. Bu aks ettiruvchi chunki, u boshqalarning qanday o‘ylashi va nimani ifodalashiga bogʻliqdir. Sogʻlom va muvaffaqiyatli munozara kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va uygʻunlikka erishadi. Munozarada har bir qatnashuvchi oʽzining Hayoliy fikrini, oʽzining takliflari, gʻoyalarini qoʻshishi bilan birga oʽzgacha yechimlar, gʻoyalar to‘gʻri gʻoyalar sanab o‘tilmaguncha taklif etilmaydi.


Muhokama - aks ettiruvchi o‘ylash, fikr yuritish, fikrlash jarayonidir. Muhokamada biz oldindan belgilangan masalalarni bir oz muddatda davom ettirishimiz mumkin, biroq, taxminlarga asoslangan gʻoyamizni ayta olmaymiz. Muhokama bizning aks ettiruvchi o‘ylashimiz va fikrlarimiz jarayonidir.

Bahsning taniqli xususiyatlariga quyidagicha izoh beriladi:

  • Oʻzaro faoliyat: guruhdagi bahsning bosh xususiyati guruhdagi turli a’zolarning oʽzaro faoliyatidir. Ular bir-birlarining e’tiborini ogʻzaki ravishda qaratish orqali kuzatadilar va muloqot qiladilar.
  • Guruh a’zolari: guruhdagi muhokama faqatgina guruh yetakchisi va izdoshlaridan tashkil topganda samarali boʻladi. Yetakchi fakt va ma’lumotlarni jamlaydi, fikrlashni bir qolipga soladi hamda muammoning yechimiga rozi bo`ladi. Guruh a’zolari esa bir-birlariga hurmat bilan faol ravishda bogʻlanadilar.
  • Jalb etilish: guruh muhokamasining yaroqliligi va samarasi koʻp darajada a’zolarining faol qatnashishlariga bogʻliqdir.
  • Shaxslar oʻrtasidagi xohish: guruh muhokamasining yana boshqa xususiyati shaxslar oʻrtasidagi xohishdir. Oʻzaro faoliyat davom etarkan, bir-birlarini yoqtirishi, xush koʻrmaslik, xulq-atvor, temperamenti kabi xislatlari bir-birlariga ma’lum boʻladi. Ular orasida boshqa birining muammolarini boʻlishar ekan, bir-birlariga boʻlgan hamdardlik rivojlanadi.
  • Qoidalarga bo‘ysunish bosimi: guruh muhokamasida, qoida va me’yorlarga rioya qilish bosimi boʻladi. Oldindan belgilangan va ta’sis etilgan standartlarga doimo majbur qilinadi va rioya qilinadi.
  • Ziddiyat: ziddiyat guruh a’zolari orasidagi kelishmovchilik, tafovut, ixtilof boʻlib, koʻpincha o‘ylash mobaynida kelib chiqadi.

Muhokamaning maqsadi: guruh muhokamalarining asosiy maqsadi bizning guruhda oʽzimizni tutishimizni baholashdir. Guruh muhokamasi bizga oʽzimizning intellektual qobiliyat, ijodkorlik, tasavvur va yondashuv kabi Shaxsiy xislatlarimizni muammolarni yechishda, yetakchilik sifatlari, kelishmovchiliklar va guruh xatti-harakatlarini koʻrsatishda asos boʻladi. Qatnashish maqsadida fikrning aniqligi va nutqimizning imkoniyatlarini baholay olamiz. Bu bizni taxminlarga asoslangan qarashlardan saqlaydi va noto‘gʻri harakatlarning oldini oladi.

Download 140.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling