6-Mavzu: Dasturiy vositalarning ishlash tamoyillari
-Mavzu: Mobil qurilmalarning dasturiy funksyalari
Download 2.66 Mb.
|
mobil maruza
-Mavzu: Mobil qurilmalarning dasturiy funksyalari.
1Hozirgi kundagi eng kerak bo’ladigan zarur mobil dasturlar 2. 2020 yilning eng yaxshi dasturlari Biz bugungi kunda hayotimizni smartfonlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu hayratlanarli holat emas: Axir ular vositasida biz o`zimiz uchun foydali dasturlarni yuklab olishimiz mumkin. Mazkur dasturlar esa nafaqat vaqtimizni sermazmun o`tkazishga yordam beradi. Yo`qolib qolgan smartfonni qanday topish mumkin? Android Ba`zan telefonimizni qaerga qo`yganimiz esdan chiqadi. Mana shunday paytlarda biz uni topish uchun ozmuncha kuch sarflamaymiz. Biroq bu ishni osongina uddalaydigan mobil dastur bor: Clap! Phone Finder. Mazkur dasturni yuklab olgan bo`lsangiz, qo`llaringiz bilan chapak chaling. Shunda smartfon qaerda ekanligini o`zi “aytadi”. Undan taralayotgan ovoz va uning balandligini esa o`zingiz belgilaysiz. Mazkur dastur 2 % akkumulyator quvvatini talab qiladi. Televizor pulti buzilib qolsa... iOS, Android Remote Mouse dasturi yordamida televizor yoki kompyuetrni telefon vositasida boshqarishingiz mumkin. Televizor pulti sinib yoki yo`qolib qolganida bu dastur sizga qo`l keladi. Qaysi kiyimimni kiysam ekan? iOS va Android GoodLook — Moda va uslub bo`yicha mobil maslahatchi. U sizga qaerga qanday ko`rinishda borish va kiyimingizni boshqa aksessuarlar bilan moslashtirish haqida maslahatlar beradi. Har kuni AQShlik va rossiyalik stilistlar so`nggi urfdagi erkaklar va ayollar liboslari haqida ma`lumotlar beradi. Qo`shiqni kim aytyapti? iOS, Android SoundHound dasturi yordamida bizga yaqin hududda yangrayotgan musiqa haqida ma`lumotlar olishimiz mumkin. Bizdan talab etiladigani dasturdagi sariq rangdagi tugmani bosish. Shu ondayoq smartfon ekranida qo`shiq haqidagi ma`lumotlar va uning so`zlari paydo bo`ladi. Agar qaysidir qo`shiq sizga yoqib qolsa, undan ozgina parcha kuylasangiz, smartfon shu ondayoq mazkur taronani topib beradi. Barvaqt turish uchun nima qilish kerak? Android Hammamiz erta tongda uyg`onishimiz kerak bo`lgan vaqtni uyg`otgichga kiritishga odatlanganmiz. Biroq uyg`onadaigna vaqtimiz kelganida esa uyg`otgichni takror-takror o`chiramiz va yana uxlashda davom etamiz. Bu yomon odatimizdan voz kechishda bizga Puzzle Alarm Clock dasturi yordam beradi. Dastur sizni uyg`otmasdan vo`ymaydi. Tinimsiz yangrayotga6n musiqa to`xtashi uchun savol va topishmoqdarga javob berishingiz kerak. Telefon suhbatlarini yozib olish mumkinmi? Android Telefondagi suhbatlar vaqt o`tib kerak bo`lib qolishi mumkin. Ammo Android tizimidagi smartfonlarda mazkur funksiya ko`zda tutilmagan. Automatic Call Recorder mobil dasturini yuklab olsangiz, siz telefondagi suhbatlarni yozib olishingiz va ularni saqlab qo`yishingiz mumkin. Dasturni yuklab olganingizdan so`ng uning sozlamalarini to`g`irlang. Har bir suhbat tugaganidan so`ng smartfon ekranida uning muvaffaqiyatli yozib olinganligi haqidagi ma`lumot paydo bo`ladi. Chet tilini o`rganishimizga ko`maklashuvchi dastur iOS, Android Words dasturi ingliz tilidagi so`zlarni o`rganish uchun yaratilgan. Dasturdagi 26 ta mavzuli bloklardan o`zingizga keraklisini tanlab oling. Words lug`ati esa noto`g`ri fe`llar va iboralardan iborat. Siz qandaydir so`zni eslab qolishga qiynalayotgan bo`lsangiz, bu maxsus test orqali aniqlanadi va dastur xotirangizni mustahkamlovchi topshiriq beradi. Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling