6-Mavzu: Detallar sifatini nazorat qilish usullari. Metallar uchun davlat tarmoq va boshqa standartlar. Reja
-Modul: Materiallar va detallarni sifatini nazorat qilish usullari va texnikasi, ularni ishlab chiqarish jarayonlari, qayta ishlash va ishlov berish.(2-soat)
Download 27.26 Kb.
|
Resurs 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detallar sifatini nazorat qilish usullari.
6-Modul: Materiallar va detallarni sifatini nazorat qilish usullari va texnikasi, ularni ishlab chiqarish jarayonlari, qayta ishlash va ishlov berish.(2-soat)
6-Mavzu: Detallar sifatini nazorat qilish usullari. Metallar uchun davlat tarmoq va boshqa standartlar. Reja: 1.Detallarning sifati va tuzilishini nazorat qilish usullari. Metallar uchun davlat, tarmoq va boshqa standartlar. 2. Mashinalarda ishlatiladigan har xil detallarning turli sinish sabablarini, tashqi va ichki tuzilishlarini tekshirib o’rganish.Sinish va yeyilish turlari 3.Termik va kimyoviy – termik ishlov berilgan metall va qotishmalarning sinish sabablarini har hil reaktivlar ta’sir ettirib o’rganish 4.Mashinasozlik va avtomobilsozlik zavodlarning bosh markaziy laboratoriya bo’limlari (tsexlari) va ularda bajariladigan ishlar hamda vazifalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar 5..Detallar sifatini nazorat qilish usullari. 6.Maxsulot sifatini nazorat qilish. 7.Standart kategoriyalari va turlari. 8.Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar. Detallar sifatini nazorat qilish usullari. Hozirgi kunda mashinasozlik va qishloq xo’jaligini rivojlanish etaplari sistematik tarzda mahsulot sifatini oshishi yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ishni tezlashtirish iqtisodiy tomondan tejash va rastional tarzda mahsulotlardan, yoqilg’i mahsulotlaridan, yoqilg’i energetikasidan va boshqa har turli materiallardan unumli foydalanish, mahsulotlarni brak bo’lishini kamaytirish va unga yo’l qo’ymaslik, mashina detallari va mexanizmlarining ishlash resurslarini oshirish iqtisodiy va sostial tomondan katta ahamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda mehnat va ish unumdorligini oshirish, umumiy jamiyat bo’yicha uni iqtisodiy taraflama tejash xalq xo’jaligi uchun foydaliligi mahsulot sifatini oshirish kriteriyalari bilan belgilanadi. Buyum yoki detallarni nazorat qilish usullari quyidagilardan iborat: tashqi tuzilishini tekshirish; tashqi sifatini tekshirish; chizma bo’yicha razmerlarini tekshirish; otversiyalarini tekshirish; qaysi usulda quyib olingan yoki tayyorlangan holatini tekshirish; kimyoviy tarkibi va mexanik xossalarini tekshirish; texnik tavsiyasi va texnik talabini tekshirish va boshqa har xil usullari kiradi. Mahsulot sifati deganda kengroq ma’noda ularni sotib oluvchi talabiga mos kelishi miqdori va belgilangan qat’iy talabga to’g’ri kelishi tushuniladi. Buyumlarni belgilanishi bo’yicha bitta yoki har xil korxonalarda tayyorlanadigan mahsulotlar, aytaylik har xil vaqtda, ularning sifatini talabga mos kelishi har tomonlama farq qiladi. Mahsulot sifati chizmada berilishi bo’yicha texnik tavsiyasi va texnik talabi bilan ishlab chiqarishdagi texnologiya tashkiliy tomondan mahsulot sifatini belgilangan tartibda nazorat qilib aniqlanadi. Mahsulot sifati ishlab chiqarishning ham stikllari bo’yicha hosil qilinadi va optimal sifat darajasiga etkaziladi. Davlat standarti 15467-89 bo’yicha mahsulot sifatini boshqarish, mahsulot talabi yoki ekspluatastiyasi va yaratilish harakati, qo’llab-quvvatlash, ta’minlash va o’rnatish maqsadi bilan mahsulot sifatini belgilangan miqdorga etkazish tushiniladi. Buyumlar yoki detallarni yuzaviy tahlilini aniqlanishi shuni ko’rsatadiki, faqat nazorat natijasida yaratilishi emas, balki ishlatilishi kerak. Metallurgiya va metallshunoslik nuqtai nazardan mashinasozlikda ishlatiladigan detallar sifati asosan tayyorlanadigan detallarning umumiy sifat miqdori, ya’ni material va zagatovka uchun boshlang’ich sifatidan boshlab, toki oxirgi operastiya termik taxlil va mexanik ishlov berish sifatigacha bo’lgan holati tushiniladi. Buyumlarning sifat muammosi odatda, juda keng ma’noda tushiniladi. U hamma tomonlama qishloq xo’jalik va xo’jalik faoliyatini o’z ichiga oladi. Keng fikr va ma’no bilan qaralsa, bu ishonchlilik, estetikalik, texnologiyalik, ekologiya va boshqalar bo’lishi mumkin. Po’lat buyumlar uchun eng asosiysi ekspluatastiya ishonchlilik va mustahkamlik talablari tushiniladi. Download 27.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling