6– mavzu. Deviant xulq atvor va sotsial nazorat. Reja


Download 56.56 Kb.
bet8/14
Sana14.12.2022
Hajmi56.56 Kb.
#1002775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
6-mavzu

Munosabat manfaati: - shaxs faoliyatida u yoki bu ob’yektdagi voqea va hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaati 2 ko‘rinishda kechadi: a) asosiy munosabat manfaati – bu shaxsning hayotida maqsad va vazifasini, harakatlarini o‘z ichiga oladi; b) yordamchi yoki ikkinchi darajali munosabat manfaatdir. Bu shaxs faoliyatining maqsad va vazifalaridan tashqari uning boshqa voqelikka qiziqishini bildiradi.

  • Harakat manfaati: – shaxsning u yoki bu faoliyatida qatnashishida ko‘rinadi. Aktiv yo passivligini bildiradi. Harakat manfaati: a) maqsadli va b) maqsadsiz bo‘lishi mumkin (boshlang‘ich faoliyati bilan cheklanib qolgan, tor doiradagi harakat).

  • Tayanch manfati: shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta’sirlashuvida shakllangan va turli vaziyatlarda o‘z yo‘nalishinisaqlab qolgan manfaatdir. Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda shakllanadi.

  • Yo‘nalish manfaati: – bu yo‘nalish manfaatlar ichida juda murakkab bo‘lib, u shaxs manfaatlaridan birini tanlashi bilan bog‘liq.

    Demak, shaxsning tipi u yashaydigan jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga bog‘liq.
    Shaxsning shakllanishini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:

    1. Ijtimoiy siyosiy tizim.

    2. Tarbiya va maorif tizimi.

    3. Turmush.

    4. Mehnat faoliyati.

    5. Ijtimoiy faoliyat.

    6. Oila va boshqalardir.

    Shaxs shakllanishida uni o‘rab turgan muhit va u intiladigan madaniy-ijtimoiy ideallar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ham ahamiyati kattadir. Bunday hodisani fanda insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializatsiya yo‘li bilan shaxsga o‘tishi, deb atash qabul qilingan. Buni izohlaydigan ko‘pgina qarashlar mavjud.
    Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladigan jarayonga aytiladi. Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo‘lishi 2 muhim jihatga bog‘liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta’sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta’siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog‘liq.

    Download 56.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling