6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari
Download 153.5 Kb.
|
6. мавзу (2)
Sofistika1. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi. Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi. Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham imkon tug‘diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning o‘ziga xos muhim o‘rni ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiq qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling