Fyuchers savdosi real tovar bilan birja savdosidan kelib chiqqan. Dastlab birja xaridorga darhol yoki yaqin kelajakda yetkazib beriladigan naqd birja tovari bilan yirik ulgurji tovar bitimlari tuziladigan. Bu jarayonga parallel ravishda tovarlar yoki ularning birjaga qo'yiladigan namunalari bilan savdo qilish, ularni belgilangan muddatdan keyin (odatda oylarda o'lchanadi) yetkazib berish ham rivojlandi. Oxirgi holatda tovar ishlab chiqarilgan yoki endi ishlab chiqariladigan bo'ladi. Darhol yetkazib beriladigan tovarlar savdosidan farqli ravishda, belgilangan muddatdan keyin yetkazib beriladigan tovar savdosi kelishib olayotgan tomonlar bo'lajak tovar sifati, yetkazib beriladigan partiyalar hajmi va h.k. masalasini hal etganlar.
Fyuchers savdosini rivojlantirishning asosiy sababi va zarurati shundan iboratki, bu bevosita birja tovari bilan savdodagi cheklovlarning olib tashlanishini ta'minlaydi. Tovarning o'zi moddiy ne'mat sifatida birja savdosining rivojlanishi uchun cheklovlarga ega. Ulardan fyuchers shartnomalarini tashkil qilish yo'li bilan xalos bo'lish mumkin.
Birjada tovarlar oldi-sotdisi o'z o'rnini fyuchers shartnomalar birja aylanmasiga bo'shatib beradi, ularning real tovar bozori bilan aloqasi asosan bilvosita xarakterga ega bo'ladi, chunki shartnomalar umumiy sonining atigi bir necha foizigina tovarni real etkazib berish bilan tugaydi. Bilvosita aloqa esa shundan iboratki, shartnoma egalari ularning tijorat yoki boshqa faoliyatiga bozor kon'yunkturasining o'zgarishi ta'siri ostida ularni doimo sotadi yoki sotib oladi.
Fyuchers tarixi
Do'stlaringiz bilan baham: |